Ubayda ibn al-Horis () (taxminan hijriy 562-yil – 624-yil 13-mart) – Islom paygʻambari Muhammadning amakivachhasi, sahoba. Ubayda ibn al-Horis Islom qabul qilgan ilk shaxslardan biri boʻlgan. Muhmmad paygʻambardan 10 yosh katta boʻlgan. Badr jangida qoʻmondonlik qilgan hamda ushbu urushda shahid boʻlgan ilk musulmonlardan biri boʻlganWaqidi, Kitab al-Maghazi. Translated by Faizer, R., Ismail, A., & Tayob, A. (2011). The Life of Muhammad, pp. 36, 73. Oxford: Routledge..
Oilasi Ubayda Horis ibn Muttalib ibn Abdumannof ibn Qusayning oʻgʻliMuhammad ibn Ishaq, Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press.Muhammad ibn Saʼd, Kitab al-Tabaqat al-Kabir Volume 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers., Muhammad paygʻambarning birinchi amakivachchasi, Muhammadning otasi Abdulloh ibn Abdulmuttalibning jiyani va amakisi Abu Tolib ibn Abdulmuttalib va Hamza ibn Abdul Muttolibning oʻgʻli boʻlgan. Ubayda ibn Horisning onasi Suhayla binti Xuzoiy ibn Huvayris ibn al-Horis ibn Xaysama ibn al-Horis ibn Molik ibn Jusham ibn Saqif saqif qabilasidan edi. Ubaydaning oʻzidan yigirma yosh kichik ikki nafar ukasi boʻlgan.
Ubayda ibn Horisning turli ayollardan Muoviya, Avn, Munqiz, Horis, Muhammad, Ibrohim ismli 6 nafar oʻgillari va Rabta, Xadicha, Suhayla va Safiya ismli 4 nafar qizlari boʻlganMuhammad ibn Saʼd, Kitab al-Tabaqat al-Kabir Volume 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers.. Yagona qonuniy rafiqasi Zaynab binti Xuzaymadan esa birorta farzand koʻrmagan.
Sifatlari Ubayda ibn Horis tashqi koʻrinishi oʻrta boʻyli, bugʻdoyrang, yuzlari chiroyli, kelishgan kishi deya taʼriflanadiMuhammad ibn Saʼd, Kitab al-Tabaqat al-Kabir Volume 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers..
Islomni qabul qilishi Ubayda ibn Horis 614-yilda Islomni qabul qiladi va musulmon boʻladiMuhammad ibn Saʼd, Kitab al-Tabaqat al-Kabir Volume 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers.. Uning ismi Ibn Ishoqning Abu Bakr bergan taklifiga binoan Islomni qabul qilganlar roʻyxatida oʻn ikkinchi oʻrinda turadiMuhammad ibn Ishaq, Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press..
622-yilda Ubayda ibn Horis va ikki nafar ukalari hamda yosh amakivachchasi Mistah ibn Utata bilan birgalikda Madinaga umumiy hijrat qilayotganlar safiga qoʻshilishadiMuhammad ibn Saʼd, Kitab al-Tabaqat al-Kabir Volume 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers.. Muhammad Islomda Ubayda ibn Horisni Abu Bakr Siddiqni ozod qilgan Bilol ibn Raboh va Umayr ibn al-Hamom ismli ansorlarni aka-uka qilib qoʻygan. Ubayda ham, Umayr ibn al-Hamom ham Badr jangida shahid boʻlishgan.
Harbiy yurishlardagi ishtiroki Baʼzi manbalarga koʻra, Muhammad Ubaydani harbiy safarda bayroqdor qilib tayinlagan boʻlsa, boshqa manbalarga koʻra urushda Muhammad tomonidan Hamza birinchi amir sifatida tayinlanganMuhammad ibn Saʼd, Kitab al-Tabaqat al-Kabir Volume 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers..
623-yil aprel oyida Muhammad Ubaydani oltmish nafar qurolli muhojirlar guruhi bilan Rabigʻ vodiysiga yuboradi. Ular Abu Sufyon ibn Harb va 200 nafar qurolli chavandozlar himoyasida Suriyadan qaytayotgan Quraysh karvonini tutib olishlari kerak ediMuhammad ibn Ishaq, Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press.Muhammad ibn Saʼd, Kitab al-Tabaqat al-Kabir Volume 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers.Haykal, M. H. (1935). Translated by al-Faruqi, I. R. A. (1976). The Life of Muhammad, p. 256. Chicago: North American Trust Publications.Mubarakpuri, S. R. (1979). Ar-Raheeq Al-Maktum (The Sealed Nectar), p. 92. Riyadh: Darussalem Publishers.Note: Book contains a list of battles of Muhammad in Arabic, English translation available here. Musulmonlar guruhi Tanyat al-Murradagi quduqlargacha kirib borishadi, shunda Saʼd ibn Abu Vaqqos Qurayshga qarata oʻq otgan, bu esa Alloh yoʻlida birinchi boʻlib otilgan oʻq deya tarixda qolgan, lekin shunga qaramasdan, ikki tomon askarlari tomonidan ham qilichlar qinidan chiqarilmagan va hech qanday jiddiy talofatlar boʻlmaganMuhammad ibn Saʼd, Kitab al-Tabaqat al-Kabir Volume 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers.Haykal, M. H. (1935). Translated by al-Faruqi, I. R. A. (1976). The Life of Muhammad, p. 256. Chicago: North American Trust Publications.Mubarakpuri, S. R. (1979). Ar-Raheeq Al-Maktum (The Sealed Nectar), p. 92. Riyadh: Darussalem Publishers..
Oʻlimi Ubayda ibn Horis 624-yil 63 yoshida Badr jangida Shayba ibn Rabiaga qarshi uch marta jangga chiqib, oyogʻidan jarohat olib, oʻsha yerda shahid boʻlgan. Ubayda Badr jangida birinchi boʻlib oʻldirilgan musulmon boʻlsa-da, u jarohat olganidan keyin bir necha soat omon qolganligi sababli aynan jangda halok boʻlgan birinchi musulmonlar sifatida Mihjaʼ va Horisa ibn Surakalarning nomi keltiriladiMuhammad ibn Ishaq, Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press..
Ubayda ibn Horisa Badr jangidan bir kunlik yurish uzoqligidagi as-Safra degan joyda vafot etgan va shu yerning oʻziga dafn qilinganMuhammad ibn Saʼd, Kitab al-Tabaqat al-Kabir Volume 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers..
Ubaydaning vafotidan keyin Muhammad uning bevasi Zaynab binti Xuzaymagaga uylanadiIbn Hisham note 918..
Yana qarang
Sahobalar Muhammadning ekspeditsiyalari roʻyxati Shahid
Havolalar
abudavud 14-kitob, 2659-son
Manbalar
Turkum:Sahobalar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Badr jangida vafot etganlar Turkum:624-yilda vafot etganlar