Turkum:Telekanallar Turkum:Turkiya telekanallari

NOW – “The Walt Disney Company”ga tegishli Fox Networks Group kompaniyasining Turkiyadagi telekanalidir. 2024-yil 12-fevralda “FOX”ning nom o‘zgartirishidan so‘ng shu chastotada o‘z efirini boshlagan.

Tarixi Dastlab TGRT, “İhlas Holding”ga bog‘langan “Huzur Radio TV A. Sh.”ga oid edi. Sotuv ishlari 2006-yil 15-iyulda qilingan va birjaga Ihlas Holding tomonidan bildirilgan. Bu sotuv ishi bilan birgalikda shirkatning 56,5% i o‘tqaziladigan bo‘ldi. TGRT’ni sotib olgan Amerika media guruhi News Corporation’ning sohibi Rupert Keith Murdoch hisoblanadi. News Corporation keyinroq bu shirkatning boshqa hissadorlari bilan kelishib shirkatni to‘liq sotib oldi. Natijada Turkiyada ilk efir yuzini ko‘rgan xorijiy milliy telekanal paydo bo‘ldiMurdoch, TGRT’ga 98 million dollar berdi, Turkiyaga Ertegun bilan kirdi 01.11.2009 sanasida kirilgan Hürriyet. News Corporation, bu amaliyotni Ahmet Ertegun bilan birgalikda amalga oshirdi. Ahmet Ertegunning Atlantic Records nomi bilan tanilgan shirkati 2007-yilning fevral oyidan beri ichida FOX nomi bilan ijaraga olingan bo‘lib, avvaldan “Go‘sht va Baliq Korxonasi”ga oid bo‘lgan binodan efirga uzatilmoqda. Bu sotuv amaliyoti “Ihlas Efir Holding A. Sh ”ning hamkorligida bo‘lgan “TGRT Xabar TV A. Sh.” va bu shirkat tarkibida bo‘lgan “TGRT Xabar” va “TGRT FM” radiosini o‘z ichiga oladi. left|thumb|Kanalning FOX nomi bilan 2024-yil 12-fevralgacha qo‘llagan logotipi 2009-yil 19 mayda FOX yangi grafik va introlarga o‘tdi. Shuningdek, 2010-yilda Italiya Ligasi “Serie A”ning translyatsiya huquqini ham sotib oldi. Biroq, har oyda atigi 1 yoki 2 ta o‘yin ko‘rsatiladi. FOX telekanali orqali efirga uzatilgan Beshiktosh-Fenerbahche uchrashuvida 70 ta markaning 201 ta reklamasi 35 daqiqa davomida efirda ko‘rsatildi. Media Kuzatuv Markazi (MKM) reklamani o‘lchash hisobotiga ko‘ra, 35 daqiqalik reklama ko‘rsatuvining 14 daqiqasi tarmoqli va kadrli reklamalardan, qolgan qismi esa bandli reklamalardan iborat bo‘lgan. O‘sha paytda efirga uzatilgan reklamalar tufayli o‘yinning o‘ta muhim lahzalarini ko‘rishda qiynalgan muxlislarning bezovtaligini kolonistlar ham izohladi. FOX tomonidan amalga oshirilgan reklama strategiyasi milliy gazetalarda yozgan yettita sharhlovchining qattiq tanqidiga uchradi.

2010-yil 11-avgustda u o‘z logotipini shaffof oq rangdan uch o‘lchamli oq logotipga o‘zgartirdi; lekin keyinchalik 2012-yil 1-iyulda shaffof logotipga qaytdi. Bundan tashqari, u o‘z introlarini yangiladi va 16:9 tasvir formatiga o‘tdi.

2019-yil mart oyida “The Walt Disney Company” tomonidan “21st Century Fox” boshqa kanallari bilan birgalikda 71,3 milliard dollarga sotib oldi. 2023-yil 20-iyun kuni kanal logotipining rangi qizil rangga aylandi. “Disney”ning FOX uchun nom berish huquqi muddati tugaganligi sababli, FOX o‘z nomini o‘zi efirga uzatiladigan mamlakatlarda Star Channel va FX nomiga o‘zgartirdi. Ammo Turkiyada allaqachon FX va Star TV mavjud bo‘lgani uchun 2024-yil 24-yanvarda u Turkiya uchun maxsus NOW ismi bilan nomlanishi e’lon qildi va o‘zgarish 2024-yil 12-fevraldan boshlab amalga oshirildi. Efir siyosatida hech qanday o‘zgarishga uchramay oldingisi bilan bir xil formatda efiri davom etmoqda...

NOW HD Eski nomi FOX HD bo‘lgan NOW HD, 2012-yil 1-iyulda tashkil qilingan bo‘lib, NOW bilan bir vaqtda efirga uzatilgan yuqori aniqlikdagi televizion kanaldir.

2014-yil 18-sentabrgacha faqat Digiturk 326-kanalda tomosha qilish mumkin edi, lekin 2014-yil 18-sentabrda Turksat 4A sun’iy yo‘ldoshining ishga tushirilishi bilan FOX HD Turksat 4A 12329 H 6666 2/3 chastotasida, Türksat 5B 11305 V 30000 3/4 chastotasida, D-Smart 29-kanaldan, KabloTV 28-kanaldan, Digiturk 326-kanaldan, Turkcell TV+ 26-kanaldan, tivibu 315-kanaldan va Türksat TKGS 9-kanaldan tomosha qilish mumkin bo‘ldi. 2019-yilda logotipdagi HD qo‘shimchasi olib tashlandi.

Hozirgi kundagi efiridan joy olgan dasturlar Haftalik seriallar Tez kunda: Ikki Kishilik Xona 2023-: Qizil Gʻunchalar (Dushanba, 20:00) 2024-: Leyla: Hayot, Sevgi, Adolat (Chorshanba, 20:00) 2023-: Cheksiz Sevgi (Payshanba, 20:00) 2024-: Shokir Poshsho Oilasi: Moʻjizalar va Mojarolar (Yakshanba, 20:00)

Film 2007-: NOW Film Davrasi

Hajviy 2024-: Tolgshow Filtresiz (Tolga Chevik) (Exxen'dan kelgan.) (Nomaʼlum)

Yangiliklar 2021-: O‘rta Sahifa (Dog‘an Shenturk, Murat Yetkin, Chig‘dem Toker, Nevshin Mengu, Deniz Zeyrek) (Juma, 23:45 da) 2020-: Selchuk Tepeli bilan NOW Asosiy Yangiliklar (Dushanba - Juma, 19:00 da) 2022-: Ilker Karago‘z bilan Uyg‘onish Soati (Dushanba - Juma, 07:45 da) 2009-: Gulbin Tosun bilan NOW Asosiy Yangiliklar Hafta Oxiri (Hafta oxiri, 19:00 da) 2022-: Ezgi Go‘zeger bilan Uyg‘onish Soati Hafta Oxiri (Hafta oxiri, 08:30 da) 2016-: Merve Yildirim bilan Men Aytib Qo‘ydim (Yakshanba, 11:15 da) 2014-: Ezgi Go‘zeger ile Uyg‘onish Soati (Yoz mavsumida dushanbadan jumagacha, 08:00 da) 2010-: Gulbin Tosun bilan NOW Asosiy Yangiliklar (Yoz mavsumida dushanbadan jumagacha, 19:00 da) 2018-: Merve Yildirim bilan Uyg‘onish Soati Hafta Oxiri (Yoz mavsumida hafta oxiri, 08:30 da) 2009-: Burak Birsen bilan NOW Asosiy Yangiliklar Hafta Oxiri (Yoz mavsumida hafta oxiri, 19:00 da) 2024-: Zafer So‘ken bilan Ilk Boqish (Dushanbadan jumagacha, 07:45 da)

Hayotiy-Aktual 2018-: Chag‘la bilan Yangi Bir Kun (Chag‘la Shikel) (Dushanba - Juma, 10:00 da) 2022-: Iqtisodiyot Vaqti (shanba va yakshanba, 11:15 da) 2016-: Memet O‘zer bilan Oshxonada (Memet O‘zer) (shanba, 11:20 da) 2020-: Kamera Oraqasi (yoki Kadr Orti) (Beyza Shekerji) (shanba, 12:15 da)

Musobaqa 2021-: Eng Mehnatkash Menman (Kadir Ezildi) (Dushanba - Juma, 13:15 da) 2024-: Kelin Qayni singil (Fatih Urek) (Tez kunda)

Diniy 2017-: Fatih Savash bilan Saboh Suhbatlari (shanba, 07:30 da) 2017-: Fatih Savash bilan Saharlik Suhbatlari (Ramazon oyi davomida har kun, 04:00 da) 2024-: Fatih Savash bilan Ramazon Suhbatlari (Ramazon oyi davomida har kun, 12:00 da) 2023-: Sahrap Soysal bilan Ramazon Dasturxoni (Ramazon oyi davomida har kun, 12:45 da)

Tashqi havolalar

YouTubeda Instagramda NOW Twitterda NOW TikTokda NOW

Manbalar