Yaroslav Makushinskiy (; ; 1998-yil 5-mart) – Belaruslik professional futbolchi, Minskning Energetik-BGU jamoasida oʻynaydiPlayer’s profile at pressball.by.

Futbolchilik faoliyati 2021-yilning iyul oyida futbolchi Minskning Energetik-BGU jamoasiga qoʻshildi. U klubdagi debyutini 2021-yil 30-iyulda „Rux Brest“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan va 70-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan. Futbolchi dasrlabki kunlaridanoq klubning asosiy jamoasida tezda oʻz oʻrnini egallashga muvaffaq boʻldi. 2022-yil boshida futbolchi klub bilan mashgʻulotlarni davom ettirdi. Futbolchi klubdagi ilk samarali harakatini 2022-yil 2-may kuni Grodnoning „Neman“ klubiga qarshi oʻyinda qayd etib, golli uzatmani amalga oshirdi. Mavsum yakunida futbolchi va klub Oliy liganing kumush medali sohibiga aylanishdi.

2022-yilning dekabr oyida futbolchi klubning asosiy jamoasi bilan birgalikda yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. U klubdagi ilk oʻyinini 2023-yilning 19-martida „Slutsk“ jamoasiga qarshi oʻtkazib, maydonga asosiy tarkibda kirgan. Butun mavsum davomida futbolchi klubning asosiy oʻyinchilaridan biri boʻldi, ammo samarali harakatlari bilan ajralib turmadi. Futbolchi mavsumni chempionatda oxirgidan oldingi oʻrinda yakunladi va oʻz oʻrnini saqlab qolish uchun pley-offga chiqdi. Pley-off oʻyinlari natijasida futbolchi va klub Vitebsk jamoasiga yutqazib, Birinchi ligaga tushib ketishdi. 2023-yilning dekabr oyida futbolchi Birinchi liga  doirasidagi yangi mavsumga tayyorgarlik koʻra boshladi. 2024-yilning yanvarida futbolchi klubni tark etdi.

2024-yil yanvar oyida futbolchi Oʻzbekistonning „Buxoro“ klubi futbolchisiga aylanishi haqida maʼlumot paydo boʻlgandi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Belaruslik erkak futbolchilar Turkum:FC Dinamo Minsk futbolchilari Turkum:FC Slavia Mozyr futbolchilari Turkum:FC Lokomotiv Gomel futbolchilari Turkum:FC Smolevichi futbolchilari Turkum:FC Belshina Bobruisk futbolchilari Turkum:FC Vertikal Kalinkovichi futbolchilari Turkum:FC Energetik-BGU Minsk klubi futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:FC Vitebsk futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Belaruslik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar