Az-Zubayr koni () Iroq janubida, Basra gʻarbida joylashgan neft koni. Bu dunyodagi eng yirik konlardan biri boʻlib, 1949-yilda Iroq Petroleum kompaniyasining hamkori Basrah Petroleum Company tomonidan kashf etilgan. Kon tasdiqlangan zahiraga ega. Hozirda kuniga ishlab chiqarailmoqda. Keyingi yillarda konni kengaytirish dasturiga koʻra, ishlab chiqarish darajasi kuniga yetishi kutilmoqda.
Rivojlanish shartnomasi Eni (32,81%) boshchiligidagi Occidental Petroleum Corporation (23,44%), Korea Gas Corporation (18,75%) va Iroqning Missan Oil Company (25%) konsorsiumiga topshirilgan.
Saraton xavfi
Neft qazib olishdagi qoʻshimcha mahsulot boʻlgan gaz ochiq havoda yondiriladi. Bu esa saraton keltirib chqiaruvchi ifloslantiruvchi moddalarni ishlab chiqaradi. Iroq qonunchiligi odamlar uylaridan 10 kmdan kam masofada gaz yoqishni taqiqlaydi. Biroq BBC 2022-yilda gaz odamlar uylaridan 350 metr masofada yondirilganini aniqlagan. Iroq Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan sizdirilgan hisobotda aytilishicha, Basrada 2015 va 2018-yillar oraligʻida saraton kasalligining 20% oʻsishiga havo ifloslanishi sabab boʻlganBP in oil field where ‘cancer is rife’, By Jess Kelly, Owen Pinnell & Esme Stallard, 30 September, BBC. Shundan soʻng, Iroq Sogʻliqni saqlash vazirligi oʻz xodimlariga sogʻliqqa yetkazilgan zarar haqida gapirishni taqiqladi. Iroq atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Jasem al-Falaxiy keyinchalik „neft ishlab chiqarishning ifloslanishi mahalliy saraton kasalligi koʻpayishining asosiy sababi“ ekanligini tan oldi. Jabrlangan mahalliy aholining hech biri tovon pulini olmaganIraqi minister admits gas flaring cancer link, 17 October, BBC.
Manbalar
Turkum:Iroqdagi neft konlari