Amirli (; ), shuningdek, Amerli deb yoziladi, Iroqning Saladin muhofazotida, Eron chegarasidan taxminan 100 km uzoqlikda joylashgan, asosan shia turkmanlari yashaydigan shahar. Bu hudud qishloq xoʻjaligi markazi hisoblanadi.
Tarixi 2007-yildagi portlash
2007-yil 7-iyun kuni Amirli bozoridagi portlashda 165 kishi halok bo‘ldi, 350 kishi yaralandi.
2014-yilgi IShID qamali
Shaharcha va unda yashovchi 20 mingga yaqin shia turkmanlari 2014-yil iyun oyidan boshlab IShID tomonidan qamal qilingan. Shaharda oziq-ovqat, suv va boshqa materiallar tugab qolgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakili, „Amerli aholisining ahvoli juda ayanchli va fuqarolar qirgʻin qilinishining oldini olish uchun zudlik bilan chora koʻrishni talab qiladi“ degan edi. 31-avgust kuni Iroq armiyasi AQSh va Asoib Ahl al-Haq yordami bilan qamalni buzib, shaharga kirishga muvaffaq boʻldi va fuqarolarni qamaldan qutqardi. Xabar qilinishicha, Amirli qamalini buzishda Eron „harbiy rejalashtirish“ vazifasini bajargan.
Manbalar
Turkum:Saladin muhofazoti aholi manzilgohlari Turkum:Iroqdagi turkman hamjamiyati