Koʻlob viloyati (, ) – 1939—1955, 1973—1988 hamda 1990—1992-yillarda mavjud boʻlgan Tojikiston SSR va Tojikiston Respublikasidagi maʼmuriy-hududiy birlik.

Maydoni – 12,0 ming km². Aholisi – 570 ming kishi (1987-yil), shundan shahar aholisi – 26%. Maʼmuriy jihatdan 8 tuman, 1 shahar va 6 shaharchadan iborat (1987).

Maʼmuriy-markazi – Koʻlob shahri.

Hisor-Oloy tizmasining janubiy etaklarida joylashgan.

Tarixi Koʻlob viloyati respublikaning dastlabki toʻrt viloyatidan biri boʻlganLeninobod, Stalinobod, Gʻarm viloyatlari bilan birgalikda.. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1939-yil 27-oktyabrdagi qaroriga binoan Koʻlob okrugi negizida tuzilgan. Viloyat tarkibiga Koʻlob shahri va Baljuvon, Dangʻara, Dashtijum, Kangurt, Qizil mozor, Kolxozobod, Koʻlob, Moʻminobod, Farxor, Sari Hisor, Xovaling, Shoʻrobod tumanlari kiritilgan.

1944-yil 7-yanvarda Dangʻara tumani yangidan tashkil etilgan Qoʻrgʻontepa viloyatiga oʻtkazilgan. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1955-yil 24-avgustdagi qaroriga binoan viloyat tugatilgan, uning tumanlari toʻgʻridan toʻgʻri respublika boshqaruviga oʻtkazilgan.

1973-yil 29-dekabrda Tojikiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi qaroriga asosan viloyat qaytadan tashkil qilinadi. Uning tarkibiga Koʻlob shahri, Vosey, Dangʻara, Koʻlob, Leningrad, Moskva, Farxor, Panj, Sovet tumanlari kiritiladi.

1979-yil 6-dekabrda Panj tumani Koʻlob viloyatidan Qoʻrgʻontepa viloyatiga oʻtkaziladi.

1988-yil 8-sentyabrda viloyatning maʼmuriy tumanlari Xatlon viloyati tarkibiga kiritiladi.

1990-yil 24-yanvarda Xatlon viloyati tugatilishi bilan Koʻlob qisqa muddatga qayta tiklanadi va tarkibiga Koʻlob shahri, Vosey, Dangʻara, Koʻlob, Leningrad, Mosva, Farxor, Sovet, Xovali tumanlari kiritiladiUkaz Prezidiuma Verxovnogo Soveta Tadjikskoy SSR „Ob uprazdnenii Xatlonskoy oblasti i obrazovanii v sostave Tadjikskoy SSR Kulyabskoy i Kurgan-Tyubinskoy oblastey“ ot 24 yanvarya 1990 goda // Kommunist Tadjikistana. – № 21 (17964). – 25.01.1990. – S. 1.. 1992-yil 2-dekabrda nihoyat tugatiladi va qayta tiklangan Xatlon viloyatiga qoʻshib yuboriladi.

Tabiati Iqlimi – kontinental. Asosiy daryosi – Panj. Moʻminobod, Selbur va boshqa suv omborlari mavjud.

Maʼmuriy-hududiy boʻlinishi 1978-yil holatiga koʻra, Koʻlob viloyati maʼmuriy-hududiy boʻlinishi quyidagicha:

Tuman markazi Tarkibidagi qishloqlar Koʻlob shahri  – Vosey tumani Vosey shaharchasi Vosey shaharchasi, Guliston, Lohutiy, Mehnatobod, Michurin, Orol, Paxtaobod, Paxtakor, Tojikiston, Toʻgarak, Xovaling, Shugʻnov qishloq sovetlari Dangʻara tumani Dangʻara shaharchasi Dangʻara shaharchasi, Oqsuv, Pushing, Sangtoʻda, Sebiston, Sharipov I. Nomidagi q.s. Koʻlob tumani Koʻlob sh. Dahana, Koʻlob, Zarbdor, Ziraki q.s. Leningrad tumani Leningrad shaharchasi Leningrad shaharchasi, Boggain, Dashtijum, Qulchashma, „SSSRning 50 yilligi“, Shoʻroobod q.s. Moskva tumani Moskva shaharchasi Moskva shaharchasi, Kalinin, Mehnatobod, Qahramon, Turdiyev nomidagi, Chubak q.s. Farxor tumani Farxor shaharchasi Farxor shaharchasi, Gulshan, Dehqonariq, Farxor, Komsomol, Vatan, Gʻalaba, Gʻayrat q.s. Panj tumani Panj shaharchasi Panj shaharchasi, Arab, Kuldamin, Namuna, Sarmant, Tugul q.s. Sovet tumani Sovet shaharchasi Sovet shaharchasi, Boboyunus nomidagi, Kangurt, Koʻshkiya, Tanobchi Vatan q.s.

Iqtisodiyoti

Yengil (paxta tozalash, charm-poyabzal), oziq-ovqat (moy press, goʻsht, un qirqish), metallga ishlov berish sanoatlari rivojlangan. Tosh tuzi qazib olindi. Sugʻorma dehqonchilik rivojlangan. Ular paxta, gʻalla (bugʻdoy, arpa), kartoshka, sabzavot yetishtirishgan. Meva yetishtirish. Uzumchilik. Hisor va qorakoʻl qoʻylarini koʻpaytirish, sogʻin chorvachilik. Ipakchilik. Tanobchi-Qizilsuv balneologik va loy kurort zonasi.

Manbalar

Turkum:Tojikiston SSR Turkum:Tojikiston SSRning tugatilgan viloyatlari