Abdumavlon Abduqodir oʻgʻli Abdujalilov (; 22-dekabr 1994-yil, Toshkent) – Oʻzbekistonlik futbolchi, darvozabon pozitsiyasida oʻynaydi. FIFA U-17 Jahon chempionati 2011 musoboqasida Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan.

Futbolchilik faoliyati Abdumavlon „Paxtakor“ futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2014-yilgi mavsum oldidan Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi tarkibiga oʻtgan va dastlabki ikki mavsum davomida oʻribosarlar jamoasi tarkibida harakat qilgan. 2016-yilgi mavsumda asosiy jamoa aʼzosiga aylangan va Oʻtkir Yusupov bilan raqobatda darvozani qoʻriqlagan. 2018-yilgi mavsumda „Neftchi“ jamoasi muvaffaqiyatsiz natijalardan soʻng Oʻzbekiston Superligasini tark etdi va Abdumavlon „Bunyodkor“ klubi tarkibiga oʻtgan. 2019—2020-yilgi mavsumlarda „Bunyodkor“ klubida oʻynagan boʻlsa, 2019-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. 2021-yilgi mavsum oldidan Toshkentning boshqa bir jamoasi, „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2022-yilgi va 2023-yilgi mavsumda eng koʻp oʻz darvozasini quruq saqlagan darvozabonlardan biri boʻlgan.

Terma jamoadagi faoliyati Abdumavlon Oʻzbekiston terma jamoasining bir necha yosh toifasida oʻynagan ammo asosiy jamoa tarkibida hali debyut qilmagan.

Yutuqlar

Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2023

Manbalar

Havolalar

Abdumavlon Abdujalilov Transfermarkt saytida

Abdumavlon Abdujalilov OʻzPFL saytida

Turkum:22-dekabrda tugʻilganlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Sportchilar