Yetti Xoʻja urushi, shuningdek, Yetti Xoʻjaning qoʻzgʻoloni (), 1847-yilda Daoguang imperatori davrida boshlangan Xitoyning Qing sulolasiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon. Qoʻzgʻolonga Shinjondagi yetti musulmon yetakchisi, jumladan Valiyxon, Kattaxon, Kichikxon va Tavakkul Xoʻja boshchilik qilgan. Qoʻqon xonligi tomonidan qoʻllab-quvvatlagan qoʻzgʻolonchilar „muqaddas urush“ nomi ostida Qashgʻar, Yorkend va Yangi Hisorga hujum qiladilar. Qoʻzgʻolon muvaffaqiyatsiz yakunlanadi, lekin unga qaysidir maʼnoda Altishahrdagi Qing hukmronligiga qarshi qoʻzgʻolonlarning dastlabki bosqichlari sifatida qarash mumkin.
Yana qarang Sintszyan Qing hukmronligi ostida Afaqi Xoʻja qoʻzgʻoloni
Manbalar
Turkum:Sin sulolasi urushlari Turkum:Uygʻurlar Turkum:Sharqiy Turkiston tarixi Turkum:Jihod Turkum:Qirgʻizistonda islom Turkum:1847-yildagi nizolar