Muhammadiya masjidi () – Malayziyaning Perak shtati Kinta tumani, Ipoh shahrida joylashgan masjid.

Tarixi Hozirda masjid joylashgan hududda 1973-yilda Muhammadiya madrasasi qurilgan. 1978-yilda esa u yerda kichik surau (Sumatra va Malay yarimorolining baʼzi hududlarida ibodat qilish va diniy taʼlim berish maqsadida foydalaniladigan islomiy majlis binosi) qurilgan va 2007-yilning 21-dekabrida masjidga aylantirilgan. Binodan 2013-yil avgust oyidan kundalik namoz oʻqish uchun foydalanila boshlangan. Muhammadiya masjidi 2014-yil 18-iyulda Perak sultoni Nazrinshoh tomonidan rasman ochib berilgan. Bu mamlakatdagi Xitoy uslubida qurilgan ikkinchi masjid hisoblanadi. Inshootni qurish ishlariga jami Malayziya Xitoy musulmonlari uyushmasining Ipoh boʻlimi va masjid qoʻmitasining saʼy-harakatlari bilan 4 million MYR sarflangan. 2019-yilning avgust oyida masjidni obodonlashtirish maqsadida taraqqiyot va taʼlim markazi uchun zal qurish ishlari bilan boshlangan.

Arxitekturasi Masjid Xitoy meʼmorchiligi uslubi asosida 0.4 gektar maydonda qurilgan. Binoning yarim oy shaklidagi kirish eshigi, yashil tomlari, qizil ustunlari va minorasi mavjud. Masjid tomlari Xitoyning Longyan shahridan keltirilgan. Bosh namozxonaning shifti lotus gullari naqshlari bilan bezatilgan. Masjid bir vaqtning oʻzida 2000 tagacha namozxonni sigʻdira oladi.

Yana qarang

Melaka Xitoy masjidi Sulton Ismoil Petra Kumush yubiley masjidi

Manbalar

Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Malayziyadagi masjidlar