Abdulloh Adhamjon oʻgʻli Olimov (; 11-fevral 1993-yil, Margʻilon, Oʻzbekiston) – Oʻzbek millatiga mansub futbolchi, yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi.

Faoliyati Fargʻona va Toshkent futbol maktabida taʼlim olgan. Professional futboldagi faoliyati Toshkentnning „Paxtakor“ klubida boshlagan. 2012-yilgi mavsumda ilk bor „Paxtakor“ jamoasi tarkibida debyut oʻyinini oʻtkazgan. Ikki mavsum davomida „Paxtakor“ klubi toʻp surgan Abdulloh, 2014-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ klubi tarkibiga oʻtgan. Fargʻonaliklar tarkibida bir yarim mavum oʻynagan boʻlsada, 18 ta oʻyinda ishtirok etgan. 2015-yilgi mavsumning yozgi transfer oynasida Neftchi klubini trak etib „Andijon“ klubi tarkibiga oʻtgan. „Andijon“ klubi tarkibida yarim mavsum oʻynaganidan soʻng 2016-yilgi mavsumda „Qoʻqon 1912“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Qoʻqon jamoasi tarkibida bir mavsumdan uzoq qomadi va 2017-yilgi mavsum oldidan Muborakning „Mashʼal“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Mavsum davomida eng chiroyli gollardan biriga mualliflik qilgan. Muborakliklar tarkibida ikki mavsum oʻynadi va jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi. 2019-yilgi mavsum oldidan Muborak klubi tark etib „Andijon“ klubiga qaytdi va ikki mavsum davomida andijonliklar tarkibida oʻynagan. 2021-yilgi mavsumda bu safar Fargʻonaga, „Neftchi“ klubiga qaytgan. Klubga qaytgan Abdulloh jamoani 2021-yilgi Oʻzbekiston Pro ligasida gʻolib boʻlishiga yordam berdi. Keyinchalik yana ikki mavsum davomida „Neftchi“ klubida oʻynagan boʻlsada, 2023-yilgi mavsum soʻnggida Fargʻona jamoasi tarkibini tark etdi.

Yutuqlar

Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2021 Oʻzbekiston Pro ligasi ikkinchi oʻrin: 2018

Manbalar

Havolalar

Abdulloh Olimov OʻzPFL saytida

Abdulloh Olimov Transfermarkt saytida

Abdulloh Olimov Eurosport saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Fargʻona sport kishilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:FarDU klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar