Uygʻur jome masjidi – Andijon viloyati, Andijon shahrida joylashgan masjid. 1998-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. 1856-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Qurilishi Masjid binosi 1856-yilda hashar yoʻli bilan qurilgan. Binoda bir vaqtning oʻzida 3500 nafarga yaqin namozxon ibodat qilishi mumkin. Masjid tarkibidagi kutubxonada umumiy 200 dona ilmiy va diniy kitoblar, qoʻllanmalar mavjud.

1989-yilda masjid hashar yoʻli bilan qayta taʼmirlangan.

Manbalar

Turkum:Andijon shahridagi masjidlar Turkum:Andijon viloyati masjidlari