Dilshod Ilhom oʻgʻli Hamroyev (; 11-iyul 1995-yil, Navoiy) – Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, darvozbon pozitsiyasida oʻynagan. FIFA U-20 Jahon chempionati 2015 va AFC U-23 Osiyo chempionati 2018 musoboqalari ishtirokchisi.

Futbolchilik faoliyati Dilshod Navoiy futboli maktabi tarbiyalanuvchisidir. Futbolchilik faoliyatini 2013-yilda „Qizilqum“ klubida boshlagan. 2016-yilgi mavsumda Toshkentnning „Obod“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2017-yilgi mavsum oldidan Toshkentning boshqa bir jamoasi, „Bunyodkor“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2017-yil 3-avgust sanasida Namanganning „Navbahor“ klubi tarkibiga Bunyodkor jamoasidan ijara asosida oʻtgan. 2018-yilgi mavsum oldidan Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. 2018-yilgi mavsum yozgi transfer oynasida „Navbahor“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2020-yilgi mavsum yakunida shartnomasi yakuniga yetgan Hamroyev „Navbahor“ jamoasini tark etgan. Ikki yarim mavsum davomida „Navbahor“ klubi tarkibida 5 ta oʻyinda ishtirok etib 6 ta gol oʻtkazib yuborgan. 2021-yilgi mavsum oldidan Oʻzbekiston Pro ligasi ishtirokchisi Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2021-yilgi mavsum yozgi transfer oynasida „Dinamo“ jamoasi tark etgan va keyinchalik professional futbolda koʻrinish bermagan.

Terma jamoa Dilshod bir qator yosh toifalarida Oʻzbekistonning asosiy darvozabonlaridan biri boʻlgan. 2015-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi sharafini hinmoya qilgan. 2018-yil Xitoyda oʻtkazilgan AFC U-23 Osiyo chempionatida Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan va chempionlikbi qoʻlga kiritgan.

Yutuqlar

Oʻzbekiston Superligasi uchinchi oʻrin: 2018

Xalqaro

AFC U-23 osiyo Kubogi chempioni: 2018

Manbalar

Havolalar

Dilshod Hamroyev OʻzPFL saytida futbolchi profili

Dilshod Hamroyev Transfermarkt saytida futbolchi profili Dilshod Hamroyev Soccerway saytida futbolchi profili

Turkum:11-iyulda tugʻilganlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:Navoiyda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Navoiy viloyati kishilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Obod klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar