Suzuvchi Palu masjidi, shuningdek, Arqam Babu Rahman masjidiNasib Masjid Apung Palu Setelah Terpapar Tsunami Tempo. Retrieved May 1, 2021.Nourse, Jennifer. The mosques that survived Palu’s tsunami and what that means. The Conversation. Retrieved May 1, 2021. nomi bilan ham tanilgan – Indoneziyaning Markaziy Sulavesi viloyati Palu shahrida joylashgan masjid. Masjid Palu koʻrfazida suzib yurishi bilan mashhur boʻlgan, u Paluning ramzidir.
Masjid 2018-yilda Sulavesidagi zilzila va sunamidan zarar koʻrgan va qisman suv ostida qolgan.
Tarixi Suzuvchi Palu masjidi 2011-yilda 121 kvadrat metr maydonda qurilgan va Talise plyajidagi Palu koʻrfaziga qaraganligi bilan mashhur. Masjid sayyohlik maskani va Palu shahrining timsoli ediNasib Masjid Apung Palu Setelah Terpapar Tsunami Tempo. Retrieved May 1, 2021.. Masjid 17-asrda Gʻarbiy Sumatralik musulmon olimi Datuk Karamaga bagʻishlab qurilgan boʻlib, u Palu mintaqasida islom dinining tarqalishiga katta hissa qoʻshganNourse, Jennifer. The mosques that survived Palu’s tsunami and what that means. The Conversation. Retrieved May 1, 2021..
2018-yil Sulavesidagi sunami 2018-yilda Sulavesidagi zilzila paytida masjid bir necha sunamiga uchragan va koʻrfazda suzib yurgan masjidni tutib turuvchi ustunlar qulab tushgan. Shunday qilib, masjid qisman okeanga botib qolgan. Biroq, bino butunligicha saqlangan. Xabar qilinishicha, toʻlqin orqa eshikdan kirib, old eshikdan oʻtib ketgan va namozgohni suv bosgan. Deraza oynalari ham singan. Azon karnaylariga ziyon yetmagani sababli hamon hech qanday nuqsonsiz ishlamoqdaNasib Masjid Apung Palu Setelah Terpapar Tsunami Tempo. Retrieved May 1, 2021..
Sunamidan keyin Palu aholisi, ayniqsa islom tasavvufiga ishonadigan musulmonlar masjidning saqlanib qolganligini uning ilohiy kuchga egaligi bilan bogʻlashadi. Suzuvchi masjid va Alxayrat anʼanaviy islom tashkiloti masjidlari sunamidan keyin saqlanib qolgan kamsonli masjidlardan bir hisoblanadiNourse, Jennifer. The mosques that survived Palu’s tsunami and what that means. The Conversation. Retrieved May 1, 2021..
2021-yil aprel holatiga koʻra, masjid hamon qisman suv ostida qolganNgabuburit di sekitar Masjid Terapung Arkam Babu Rahman. Antara News. Retrieved May 1, 2021..
Yana qarang
Bayturrahim masjidi sunamidan omon qolgan yana bir masjid
Manbalar
Turkum:Indoneziyadagi masjidlar