Shayx Sulaymon masjidi (; bu yerda mescit soʻzi turkchada kichik masjid degan maʼnoni anglatadi) – Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan masjid, Zeyrek masjidi tarkibiga kiruvchi sobiq Vizantiya binosidan masjidga aylantirilgan. Ushbu kichik bino Konstantinopoldagi Vizantiya oʻrta davri arxitekturasining kichik namunasi hisoblanadi.

Manzili Shayx Sulaymon masjidi Fotih tumani, Zeyrek mahallasidaRonchey (2010), p. 572 sobiq Pantokrator cherkovidan taxminan 120 metr janubi-gʻarbda joylashgan. Bugungi kunda bino Zeyrek masjidining bir qismi hisoblanadiMüller-Wiener (1976), p. 202.

Tarixi Ushbu kichik sakkiz burchakli binoning 1453-yilgacha boʻlgan tarixi haqida hech qanday maʼlumot mavjud emas. Bino taxminan 1118–1124-yillarda Vizantiya imperatori Irene Komnene tomonidan qurilgan Masih Pantokrator monastirining bir qismi boʻlganKrautheimer (1986), p. 409. Baʼzi olimlarning fikriga koʻra, bino dastlab qabriston boʻlgan boʻlishi mumkinMüller-Wiener (1976), p. 202, yana boshqa olimlar esa binoni monastir kutubxonasi deb hisoblashadiRonchey (2010), p. 572.

1453-yilda Konstantinopol fathidan koʻp oʻtmay, Mehmed II davrida bino shayh Sulaymon Halîfe (?–1491) tomonidan masjidga aylantirilganMüller-Wiener (1976), p. 203. 1756-yilgi katta yongʻindan soʻng bino Sulton Mustafo III davrida (1757–1774) Kazgan Asan ogʻa tomonidan qayta tiklangan va uning boshqaruvi yaqin atrofdagi madrasaga topshirilganEyice (1955), p. 59.

Tavsifi Bino kvadrat rejaga ega boʻlib, tepa qismida bagʻalli past, sakkiz burchakli gumbaz joylashganMüller-Wiener (1976), p. 202Eyice (1955), p. 59Müller-Wiener (1976), p. 203. Binoga yaqin joyda Vizantiya sardobasi saqlanib qolgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Vizantiya 1200 loyihasida Pantokrator monastirining 3D rekonstruktsiyasi Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Istanbuldagi masjidlar