Stanislav Kudryashov (; 20-avgust 1975-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – Oʻzbekistonlik nafaqadagi futbolchi va futbol murabbiyi. Termizning „Surxon“ jamoasi bosh murabbiyi.
Futboldagi faoliyati
Futbolchilik faoliyati Stanislav futbolchilik faoliyatini Toshkent traktor zavodining „Traktor“ jamoasi safida, 1992-yilda boshlagan. Traktor jamoasi safida 8 mavsum davomida oʻynagan va 175 oʻyinda, 16 ta gol muallifi boʻlgan. 2000-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ klubi tarkibiga oʻtgan va 2001-yilgi mavsumda faoliyatida ilk bor Oʻzbekiston Superligasi chempioni boʻlgan. Oʻsha mavsumning oʻzida Oʻzbekiston Kubogi finalida ilk bor ishtirok etadi. Finalda „Neftchi“ jamoasi „Paxtakor“ jamoasiga 2-1 hisobida magʻlub boʻlgan. Stanislav finalda dastlabki daqiqalardan 70-daqiqagacha maydonda harakat qilgan va 70-daqiqada Temur Kapadzega almashtirilgan. Keyinchalik faoliyatida pasayish boʻladi va 2003-yilgi mavsumda Quvasoyning „Sementchi“ jamoasida oʻynagan. 2004-yilda bir muddat Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ va 2005-yilda Namanganning „Navbahor“ jamoalarida oʻynagan. 2005-yildan soʻng professional jamoalar safida deyarli koʻrinmagan.
Murabbiylik faoliyati Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng „Paxtakor“ klubi tizimida faoliyat olib borgan va bir nechta yosh toifasida murabbiylik qilgan. Shuningdek „Paxtakor-2“ jamoasida ham murabbiylik faoliyatini olib borgan.
2026-yil 8-yanvarda Termizning „Surxon“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan.
Yutuqlar
Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2001 Oʻzbekiston Kubogi Ikkinchi oʻrin: 2001, 2002
Manbalar
Havolalar Stanislav Kudryashov FootballfactsRu saytida futbolchi profili
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Traktor klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Sementchi Quvasoy futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Paxtakor-2 klubi murabbiylari Turkum:Surxon murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi murabbiylari