Anvarjon (Husniddin) Husan ogʻli Gʻofurov (; 28-iyun 1995-yil, Oltiariq, Oʻzbekiston) – Oʻzbekistonlik futbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi. Fargʻonaning „Neftchi“ klubi futbolchisi.

Futbolchilik faoliyati Anvarjon futbolchilik faoliyatini 2012-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida boshlagan. 2013-yil va 2014-yilgi mavsumlarda Toshkentning „NBU-Osiyo“ klubida oʻynagan Fargʻona klubi tarkibida uch mavsum davomida oʻynagan Anvarjon, 2018-yilgi mavsum oldidan Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Toshkent jamoasi dastlabki mavsumidayoq Gʻofurovni „Neftchi“ jamoasiga 2018-yilgi masvum uchun ijara bergan. 2019-yilgi mavsumda Paxtakor jamoasiga qaytganidan soʻng, keyinchalik 2021-yilgacha Termizning „Surxon“ klubiga ijaraga berilgan. 2021-yilda „Paxtakor“ jamoasi bilan shartnomasi yakunlagach, Termiz jamoasi bilan erkin agent sifatida shartnomasini uzaytirdi. 2022-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ klubiga qaytdi ammo murabbiylar bilan muammo sababli yozgi transfer oynasida jamoani tark etdi. Yozgi transfer oynasida Bekobodning „Metallurg“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2023-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ klubiga yana qaytdi va mavsum yakunida shartnomani uzaytirgan.

Baxsli holat 2022-yilgi mavsum oldidan 2022-yilgacha Husniddin Gʻofurov ismi ostida faoliyat yuritib kelgan futbolchining ismi sharifi aslida Anvarjon Husan ogʻli Gʻofurov ekanli shu davrgacha ukasining ismi va pasport maʼlumotlari ostida faoliyat yuritgani aniqlangan. Bu borada Oʻzbekiston Futbolchilar Uyushmasi futbolchining oʻzi barcha maʼlumotlarni tan olganligi va bu borada afsusda ekanligi aytib oʻtganligi sababli, OʻFA etika qoʻmitasi futbolchiga intizomiy va jarima jazosi belgilagan.

Yutuqlar Terma jamoa AFC U-23 Osiyo kubogi chempioni: 2018

Klub Neftchi Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2025 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2026

Manbalar

Havolalar

Anvarjon Gʻofurov OʻzPFL saytida futbolchi profili

Anvarjon Gʻofurov Transfermarkt saytida futbolchi profili Anvarjon Gʻofurov Soccerway saytida futbolchi profili

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Fargʻona sport kishilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Surxon klubi futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:NBU-Osiyo klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar