Pathar masjidi (Tanesar) – Boburiylar meʼmorchiligi uslubida qizil qumtoshdan qurilgan masjid. Nayli minoralar orqa devorlarga biriktirilgan. 17-asrda qurilgan deb hisoblaniladigan masjid Tanesar shahrida (Kurukshetra tumani) joylashgan va Hindiston hukumati tomonidan himoyaga olingan. Ustunlar ustida joylashgan shift oʻyilgan gul naqshlari bilan bezatilgan. Masjid Shayx Chilli qabri yaqinida joylashgan.

Tarixi Masjid Boburiylar imperatori Jahongir davrida qurib bitkazilgan.

Tavsifi Bu qizil qumtoshdan qurilgan kichik bino hisoblanadi.

Yana qarang Pathar masjidi (Srinagar)

Manbalar

Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Boburiy masjidlari Turkum:Haryanadagi masjidlar