Safo qori Aliqoriev (Hoji Muhammad Safo qori Aliqoriyev (1894 – y, mart oyi Toshkent, 1965 – yil, 1- fevral Toshkent)) – qori, mudarris va diniy ulamo.
Tarjimai holi Hoji Muhammad Safo qori Aliqoriev (Safo qori) 1894 yilning aprel oyida Toshkent shahrida ziyoli oilada tavallud topgan. Otasi Ali qori mohir xattot, murattab qori boʻlgan. Toshkentdagi Eshonquli Dodhoh madrasasining bosh mudarrisi Isoxon aʼlamdan tahsil oladi. Oʻn ikki yoshida Qur’oni karimni toʻla yodlab, Sebzor dahasidagi jomeʼda yigirma chogʻliq qorilar va ulamolar oldida sinovdan oʻtadi. Shu majlisda ulamolar unga Toza qori nomini beradilar. Ularning tavsiyasi bilan Safo qori Mir Arab madrasasida oʻqishni davom ettiradi.
Faoliyati II Jahon urushi yillarida Safo qori el qatori front ortida mehnat qiladi. 1943-yilda diniy nazorat tuzilganida Safo qori Oliy hay’at aʼzosi va muhtasib etib tayinlanadi. Diniy nazorat tomonidan amalga oshirilgan diniy, ilmiy va maʼrifiy ishlarda uning xizmatlari samarali boʻlgan. Shu bois 1955-yilda sobiq Ittifoqdan haj ibodatini oʻtashga ruxsat etilgan qirq besh kishilik guruhga Safo qori Aliqoriev bosh qilib joʻnatiladi. Ziyoratchilarni Saudiya Arabistoni podshosi Faysal ibn Abdulaziz oʻzi kutib olib, birga ibodatni oʻtadilar. Ushbu safar chogʻida Safo qori Saudiya Arabistoni va Misr radiolari uchun arab tilida intervyular beradi. Safar taassurotlari toʻgʻrisida Moskvada bosiladigan jurnallarida maqolalar chop etilgan.
Safo qori diniy nazoratda ishlash barobarida Toshkentdagi „Moʻgʻulkoʻcha“ (hozirgi at-Termiziy) masjidida imom- xatiblik qilgan (1944-1946). Shuningdek, 1956-1961 yillarda Baroqxon madrasasida dars bergan.
Vafoti Safo qori Aliqoriev 1965-yil 1 fevral kuni olamdan oʻtgan. U Toshkentdagi Teshikqopqa qabristoniga, birinchi ustozi Isoxon aʼlamning yoniga dafn etilgan.
Manbalar
Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda dafn etilganlar Turkum:Mir Arab madrasasida tahsil olganlar Turkum:Hojilar Turkum:Oʻzbek ulamolari Turkum:1894-yilda tugʻilganlar Turkum:1965-yilda vafot etganlar