Baxtiyor Botirovich Zokirov (1962-yil 9-avgust, Konibodom, Tojikiston SSR — 2005-yil 6-noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik teatr aktyori, dublyaj aktyori va kinoaktyor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1997). Tarjimayi holi Baxtiyor Zokirov 1962-yil 9-avgustda Tojikiston SSRning Konibodom shahrida sanʼatkorlar oilasida tugʻilgan. Otasi qoʻshiqchi, rassom, oʻzbek zamonaviy estrada ijrochiligining asoschisi, Oʻzbekiston xalq artisti — Botir Zokirov, onasi aktrisa, Oʻzbekiston xalq artisti — Erkli Malikboyeva. Baxtiyor Zokirov 1979-yil (17 yoshida) Moskvadagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutiga (VGIK) oʻqishga kirgan va u yerda professor Boris Chirikov studiyasida tahsil olgan.

Ijodi Baxtiyor Zokirov debyut rolini 1982-yilda rejissyor Elyor Ishmuhamedovning Abu Ali ibn Sino haqida tasvirga olingan „Yunost geniya“ filmida oʻynagan. Bu film oʻz vaqtida SSSRning oliy mukofotiga sazovor boʻlgan.

Baxtiyor Zokirov kinematografiyadagi ijodi davomida „Oʻzbekfilm“, „Tojikfilm“, „Sverdlovskaya kinostudiya“, „Mosfilm“ kinostudiyalari tomonidan tasvirga olingan filmlarga suratga tushgan.

Aktyor 32 yoshida „Buyuk Amir Temur“ filmida rol oʻynab „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ unvoniga sazovor boʻlgan.

Filmografiyasi Yil Film nomi Roli Film rejissyori 1982 Yunost geniya(Oʻzbekfilm, Tojikfilm)Husayn (Abu Ali ibn Sino; bosh rol) Elyor Ishmuhamedov 1984 Nayedine(Oʻzbekfilm)-Gʻiyos Shermuhammedov1985Govoryashshiy rodnikAsqarMargarita Kasimova1985Alvido gʻoʻr yoshligim-Elyor Ishmuxamedov1985Poslednyaya inspeksiyaHaydarovEduard Xachaturov1986ArmonBoʻri (bosh rol)Melis Abzalov1987Klinika(Oʻzbekfilm)Alim (bosh rol)Rashid Malikov1987Kuda vel sled dinozavraBaxtiyorMargarita Kasimova1987Upolnomochen revolyutsiyey(serial)GazizZinoviy Royzman1988Chudovishshe, ili Kto-to drugoy-Aliasqar Fatxullin1989Maysaraning ishiHidoyatxonMelis Abzalov19891990Kodeks molchaniya(serial)psixiatrik kasalxona shifokoriZinoviy Royzman1989Siz kim siz?-Janik Fayziyev1990Prodavets snovmusiqachiGeorgiy Bzarov1990Blagoslovlennaya Buxara-Baqo Sodiqov1991Za vse nado platitQurbon BeketovHabib Fayziyev1991KammiDima ChexovJanik Fayziyev1991Polunochniy blyuzepizodik rolRashid Malikov1992Qirqquloq siriotaRashid Malikov1992Ostrov-Baqo Sodiqov1993Mafiya bessmertnaJoshua SurajLeonid Partigul1995Zov Predkov: Velikiy Turan-Gʻiyos Shermuhammedov1996Buyuk Amir TemurHusaynIsamat ErgashevBaqo Sodiqov1997Yaratganga shukrAlisherZulfiqor Musoqov1999FellinirejissyorNozim Abbosov2000Ayollar saltanatibosh rolYusup Roziqov2003Rodina jdyot(serial)LatifiyOleg Pogodin2004Vlyublyonniye 2MurodElyor Ishmuhamedov2005Xoʻja Nasriddin: oʻyin boshlandi(film 2006-yil katta ekranlarga chiqqan)dorixonachiSkan Multi

Teatrdagi ijodi Baxtiyor Zokirov teatrdagi faoliyatini 1986-yilda Mark Vayl tashkil etgan „Ilhom“ teatrida boshlagan boʻlib, u yerda Janik Fayziyev sahnalashtirgan „Petrushka“ plastik spektaklida oʻynagan. Spektakl 3 yil davomida namoyish etilgan.

Baxtiyor Zokirovning teatr sahnasida keyingi chiqishi 1998-yilda amalga oshgan.

Aktyor „Ilhom“ teatrida Oscar Wilde asari asosida Avliyoquli Xoʻjaquli rejissyorligida sahnalashtirilgan „Salomeya“ spektaklida Iokanaan (1998), Mark Vayl rejissyorligida Abdulla Qodiriy asari asari asosida sahnalashtirilgan „Beliy beliy cherniy aist“ (Oxund roli, 1998) va Aleksandr Pushkin asari asosida sahnalashtirilgan „Podrajaniya Koranu“ spektaklida (2002) rollar ijro etgan.

Manbalar

Turkum:Konibodomda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:Butunrossiya davlat kinematografiya instituti bitiruvchilari