Veselin Stešević (; 18-dekabr 1965-yil, Chernogoriya) – Chernogoriyalik futbol murabbiyi. Hozirda Bekobodning „Metallurg“ jamoasi bosh murabbiyi.

Faoliyati Veselin „Vesco“ Stešević murabbiylik faoliyatini Serbiya va Chernogoriya klublarida boshlagan. 2010-yillarda Rossiyaning „Dinamo Moskva“ „Amkar Perm“, „Rostov FC“ jamoalarida yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. 2017-yilgi mavsumda Ummonning Al-Faisaly SC" jamoasida bir muddat bosh murabbiy vazifasini bajargan. 2017-yil ona vatani, Chernogoriyaga qaytib, bir qator jamoalarda bosh murabbiylik qilgan. 2021-yilgi mavsumda yana Rossiya qaytdi va bu safar Tulaning „Arsenal“ jamoasida yordamchi murabbiy lavozimida 2022-yil yoz oyigacha ishlagan. 2023-yil aprel oyida Bekobodning „Metallurg“ jamoasiga taklif etildi va mavsum yakunigacha shartnoma imzolandi. Sentyabr oyida Stešević OʻzPFL tomonidan oyning eng yaxshi murabbiy deb eʼtirof etildi. 2023-yil 17-noyabrda 2026-yilga qadar shartnomani uzaytirdi.

Manbalar

Havolalar

Vesco Stesevic Transfermarkt Vesco Stesevic

Turkum:18-dekabrda tugʻilganlar Turkum:1965-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Chernogoriyalik erkak futbolchilari Turkum:Chernogoriyalik futbol murabbiylari Turkum:Metallurg Bekobod klubi bosh murabbiylari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Oʻzbekiston Superligasi murabbiylari