Pecheykin Valeriy Valeryevich (1984-yil 7-oktyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – rus dramaturgi, ssenariynavis, jurnalist, pedagog.

Biografiyasi Valeriy 1984-yil 7-oktyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. U Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Pecheykin Toshkentda Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining „Pravda Vostoka“ gazetasida katta muxbir, „Ilhom“ teatrida rejissyor yordamchisi boʻlib faoliyat olib borgan. U oʻzining badiiy rahbari Mark Vayl bilan birgalikda teatr sahnasida qoʻyilgan Aleksandr Nikolayev ijodi haqida „Radeniye s granatom“(Dmitriy Tixomirov taxallusi bilan) pyesasini yozdi.

Valeriy Valeryevich Royal Court teatrida dramaturglar uchun xalqaro seminar rezidenti hamda Rossiya Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi boʻlgan.

2013-yildan Gogol nomidagi teatrda dramaturg boʻlib ishlagan. Teatrning ochilish spektakli uchun Pecheykin „Den“ spektaklini yozdi. 2017-yildan „Gogol+“ yoʻnalishi kuratori boʻldi.

Pedagogik va ijodiy faoliyati Pecheykin Oliy Iqtisodiyot maktabida, Maya Kucherskayaning Creative Writing maktabida, Gogol maktabida dars bergan.

U Voznesenskiy markazida „Kutprosvet“ dasturini olib borgan.

Valeriy Bookmatening „Listay vpravo“ kitob podkasti boshlovchisi boʻlgan.

Jurnalistika thumb|250x250px| Pecheykin 2013-yil Valeriy Moskvich Mag, GQ, S7, Forbes, Kommersant Lifestyle, Storytel, Moskva Karnegi markazi nashrlari uchun kolumnist boʻlib faoliyat yuritgan.

Mukofotlari Pecheykin 2007-yilda „Sokoli“ spektakli uchun drama nominatsiyasida „debyut“ mukofoti laureati va shu spektakli uchun „Novaya drama“ festivalida birinchi mukofot sovrindori boʻldi. „Moya Moskva“ spektakli uchun A. M. Volodin xotirasiga bagʻishlangan „Pyat vecherov“ tanlovi laureati.

Spektakllari Valeriy 2005-yil „Sokoli“, 2008-yil „Moya Moskva“, 2009-yil „Net“, 2011-yil „Rossiya, vperyod!“, 2013-yil „Lutsifer“ va 2018-yil „Filosofi“ spektakllarini yaratdi.

Manbalar

Turkum:Rossiyalik jurnalistlar Turkum:Rossiya ssenariychilari Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:7-oktyabrda tugʻilganlar