Azamat Saliyevich Rajabov (; 1940-yil 26-may, Toshkent, Oʻzbekiston SSR – 2006-yil 12-yanvar, Moskva, Rossiya Federatsiyasi) – sovet, rus va tojik shifokori. 67-sonli Moskva shahar klinik shifoxonasi bosh shifokori (1985-2001), tibbiyot fanlari nomzodi . RSFSRda xizmat koʻrsatgan shifokor (1991).

Hayoti Azamat Rajabov sovet olimi, Tojikistonda fan, oliy maʼlumot va huquqshunoslik tashkilotchisi S. A. Radjabov (1912-1990) oilasida tugʻilgan.

1947-yili Toshkent oʻgʻil bolalar oʻrta maktabiga oʻqishga boradi. 1956-yilda Stalinobodga koʻchib oʻtgandan soʻng, Nizomiy nomidagi 9-son oʻrta maktabni (1958), Abuali ibni Sino (Avitsen) nomidagi Tojikiston Davlat tibbiyot institutini (1964) tugatgan.

U 1969-yilda shu institutda „Yurak anevrizmalarini davolashda alloplastika (eksperimental tadqiqot)“ mavzusida tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Mehnat faoliyatini Dushanbe shahridagi 5-sonli (hozirgi akademik K. T. Tojiev nomidagi) shahar klinik shifoxonasida jarroh sifatida boshlagan. A. S. Radjabov 1972-yilda Moskva shahar ijroiya qoʻmitasining Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining 67-sonli shahar klinik shifoxonasi tomonidan eʼlon qilingan jarroh lavozimiga tanlovda qatnashadi. Keyinchalik esa bosh shifokorning travmatologiya va ortopediya boʻyicha oʻrinbosari boʻladi. 1985-yil aprel oyida kasalxonaga bosh shifokor etib tayinlanadiGorodskaya klinicheskaya bolnitsa № 67 osnovana rasporyajeniem № 146 ot 12 yanvarya 1959 goda Moskovskogo gorispolkoma Soveta deputatov trudyaщixsya i prikazom № 52 ot 23 yanvarya 1959 goda Moskovskogo gorodskogo otdela zdravooxraneniya. V marte bil otkrit detskiy korpus na 120 koek. V razgar grajdanskoy voyni v Tadjikistane A. S. Radjabov priyutil v podvalax bolnitsi svishe tisyachi bejensev-sootechestvennikov, massoviy isxod kotorix iz Tadjikistana prixodilsya na vtoruyu polovinu 1992 – pervuyu polovinu 1993 goda..

A. Radjabov 2006-yil 12-yanvarda Moskvada vafot etadi.

Oilasi Bobosi – Rajabov Ashurxoʻja () (1877-1927), kasbi boʻyicha hunarmand etikdoʻz ().

Buvisi – Radjabova Bibifazilat () (1882-1966), arab tilini bilgan, Xojent ayollariga oʻqish va yozishni oʻrgatgan.

Otasi – Radjabov Soli Ashurxoʻjaevich ( (1912-1990), sovet olimi. Tojikistonda fan, oliy maʼlumot va huquqshunoslik tashkilotchisi, oʻqituvchi, davlat va jamoat arbobi.

Onasi – Nazarova Nazira Nazarovna (1915-1996), Toshkent davlat pedagogika instituti tarix fakultetini tamomlagan (1948-1953). Toshkent shahridagi bolalar bogʻchasi mudiri (1939-1956), Dushanbedagi № 17 bogʻcha mudiri boʻlib ishlagan (1956-1977).

Ijtimoiy faoliyati

KPSS XIX Butunittifoq konferentsiyasi delegati (1988-yil 28-iyun – 1-iyul)

Mukofotlari

„RSFSRda xizmat koʻrsatgan shifokor“ – sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlari va davolash-profilaktika ishlaridagi yutuqlari uchun (Moskva, Kreml 09/24/1991)

Manbalar

Turkum:Rossiya olimlari Turkum:Moskvada vafot etganlar Turkum:2006-yilda vafot etganlar Turkum:12-yanvarda vafot etganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:1940-yilda tugʻilganlar Turkum:26-mayda tugʻilganlar