Korneliy Fedorovich Shatsillo (1924-yil 12-aprel, Toshkent, TASSR, SSSR – 1998-yil 30-iyul, Moskva, Rossiya) – sovet va rus tarixchisi, flot tarixi va Rossiyada liberalizm tarixi boʻyicha mutaxassis. Tarix fanlari doktori, professor.
Biografiyasi Korneliy Shatsillo 1924-yilda Toshkent shahrida harbiy xizmatchi oilasida tavallud topgan. Uning otasi Sibir surgunlarining avlodidan, onasi esa Ural kazaklarining kambagʻal oilasidan chiqqan.
Fedorovich 1941-yilda Novosibirskdagi oʻrta maktabni tugatgach, Tinch okeani oliy dengiz maktabiga oʻqishga yuborilgan. Maktabni tugatgandan soʻng ofitser unvonini olgan. Korneliy suv osti kemasi ekipaji tarkibida Uzoq Sharqdagi harbiy harakatlarda qatnashgan. U oʻn yil davomida dengiz flotida xizmat qilgan. 1951-yilda ogʻir kasallik tufayli nafaqaga chiqqan.
Taʼlimi va ilmiy darajalari Korneliy Shatsillo 1955-yilda M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining tarix fakultetini, 1958-yilda shu yerda aspiranturani tamomlagan. U A. L. Sidorovning shogirdi boʻlgan. Korneliy tarix fanlari nomzodi (dissertatsiya mavzusi: „Rossiya dengiz kemasozlik sanoatidagi moliyaviy kapital“), tarix fanlari doktori (1968, „Birinchi jahon urushi arafasida Rossiya qurolli kuchlarining rivojlanishi“ nomli dissertatsiyasi) va professor boʻlgan.
Ilmiy-pedagogik faoliyati Korneliy 1958-yildan SSSR Fanlar akademiyasining SSSR tarixi institutida (Rossiya Fanlar akademiyasining Rossiya tarixi instituti) ishlagan. Avval kichik keyinchalik bosh ilmiy xodim lavozimida faoliyat olib borgan.
Oʻqituvchilik ishi Fedorovich 1980-90-yillarda Moskva davlat tarix-arxiv institutida (Rossiya davlat gumanitar universiteti) dars bergan va rus liberalizmi tarixi boʻyicha maxsus seminar oʻtkazgan.
1998-yil 29-iyulda vafot etgan. U Moskvada Butovskoye qabristoniga dafn etilgan (7-boʻlim).
Oilasi Korneliyning rafiqasi Valentina Mixaylovna Astrova (1927-2001), shifokor boʻlgan. Oʻgʻillari – Vyacheslav (1953-yilda tugʻilgan) va Mixail (1960-yilda tugʻilgan)Shatsillo Mixail Kornelevich na sayte IRI RAN, tarixchi boʻlishgan.
Manbalar
Turkum:Rossiya tarixchilari Turkum:Sovet tarixchilari Turkum:Moskvada vafot etganlar Turkum:1998-yilda vafot etganlar Turkum:29-iyulda vafot etganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:1924-yilda tugʻilganlar Turkum:12-aprelda tugʻilganlar