Rustam Xalfin (1949-yil 14-oktyabr, Toshkent – 2008-yil 31-dekabr, Olmaota) – qozoq xalqining zamonaviy sanʼat rassomi va meʼmori.
XX asr Oʻrta Osiyo sanʼatining eng muhim namoyandalaridan biri. Ijrochilik, installyatsiya va video sanʼati bilan birinchilardan boʻlib shugʻullangan. Mintaqa sanʼat jamoatchiligiga katta taʼsir koʻrsatib, modernistik idrokda koʻchmanchi estetika kontsepsiyasini ishlab chiqqan.
Hayoti Rustam Xalfin 1949-yili Toshkent shahrida frontchi askar Nurmuhamed Abdrahmonovich Xalfin (1909–1974) oilasida tugʻilgan. Rustamning akasi – sovet va rus olimi Marat Nurmuhamedovich Xalfin (1940–2020).
1950-yili oilasi bilan birga Olmaotaga (Qozogʻiston SSR, SSSR) koʻchib oʻtadi. Keyin butun umrini shu shaharda oʻtkazgan.
U 1972-yil Moskva arxitektura institutini tamomlagan.
Rus avangardining koʻzga koʻringan vakili Vladimir Sterligovning shogirdi boʻlib, 70–90-yillar davomida „kosa gumbazli ong“ nazariyasini ishlab chiqqan.
1999-yilda LOOK galereyasini ochadi.
2005-yilda Xalfinning ijod namunalari nufuzli Venetsiya biennalesida Markaziy Osiyo pavilyonida namoyish etilib, qozoq zamonaviy sanʼati ilk bor dunyoga taqdim etilgan.
Rustamning rafiqasi va uning ilhomlantiruvchisi rassomi Lidiya Blinova boʻlib, doimiy ravishda kvartira koʻrgazmalarini oʻtkazib turgan.
Ijodi Bugungi kunda Rustam Xalfin merosining bir qismi 200 dan ortiq asarlardan iborat: rasmlar, installyatsiyalar, chizmalar, fotosuratlar, matnlar va boshqalar.
Rassomning yirik va taniqli loyihalari: „Yevrosiyo utopiyasi“ (jumladan, „Loy loyihasi“, „Danqa loyiha“), „Shimoliy varvarlar“.
Koʻrgazmalari Uning ishi 51-Venetsiya biennalesi (2005), Markaziy Osiyo paviloni, Off the Silk Road: No Mad’s Land, Haus der Kulturen der Welt, Berlin (2002) va re-orientation: Kunst zu Mittelasien, ACC Gallery, Veymar (2002) kabi nufuzli koʻrgazmalarda namoyish etilgan.
Mukofotlari
1974-yil – Olmaota shahridagi Respublika maydonidagi uylarni loyihalashda ishtirok etgani uchun Butunittifoq yosh arxitektorlar ijodiyoti koʻrgazmasining diplomi, Moskva, Rossiya.
1999-yil – „Oʻz-oʻzini identifikatsiya qilish: futurologik prognozlar“ Zamonaviy sanʼat markazining birinchi yillik koʻrgazmasi Xalqaro hakamlar hayʼatining uchinchi mukofoti (G. Tryakin-Buxarov va L. Turganboeva bilan birgalikda), Olmaota, Qozogʻiston.
Adabiyotlar 1. Sultanbaeva, Zitta / Nurieva, Asya. „Art-atmosfera Alma-Ati“ – Olmaota, 2016-yil. ISBN 978-601-7283-29-2
2. Rustam Khalfin Seeing through the artistʼs hand – Whit space gallery, London, 2007-yil. ISBN 978-0-9557394-0-8
3. Aleksandr Brener. „Jitiya ubiennix xudojnikov“ – Moskva, 2017-yil. ISBN 978-5-87987-110-4
4. Nazipa Yejenova. „Jivie spleteniya“ – Tsentr sovremennoy kulturi „Tselinniy“, 2020-yil. ISBN 978-601-06-6792-1
Manbalar
Turkum:Sovet meʼmorlari Turkum:Olmaotada vafot etganlar Turkum:2008-yilda vafot etganlar Turkum:31-dekabrda vafot etganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:1949-yilda tugʻilganlar Turkum:14-oktyabrda tugʻilganlar