Daniyarov Saylaubay Saparbayevich (qar. Saylawbay Saparbay uli Daniyarov; 1980-yil 7-aprelda tugʻilgan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi , Qoraqalpogʻiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi, Kegeyli tumani) — Qoraqalpogʻiston davlat arbobi, 2019-yilgacha Moʻynoq tumani hokimi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Milliy ijtimoiy himoya agentligi direktor.
Hayoti
Daniyarov Saylaubay 1980-yil 7-aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Kegeyli tumanida tug‘ilgan. 2001-yil Qorqalpoq davlat universiteti (kunduzgi), 2003-yil Qoraqalpoq davlat universiteti magistraturasini tamomlagan. Maʼlumoti boʼyicha mutaxassisligi: iqtisodchi
Mehnat faoliyati
2001-2003 yy. - Nukus politexnika kasb-hunar kolleji oʼqituvchisi
2003-2007 yy. - Qoraqalpogʼiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi
2007-2007 yy. - “Qoraqalpoqelektrtarmoqlari” ochiq aktsiyadorlik jamiyati energiyani sotish boʼlimi muhandisi, tahlil boʼlimi iqtisodchisi
2007-2008 yy. - “Qoraqalpoqelektrtarmoqlari” ochiq aktsiyadorlik jamiyati energiyani sotish boʼlimi boshligʼining oʼrinbosari
2008-2010 yy. - “Qoraqalpoqelektrtarmoqlari” ochiq aktsiyadorlik jamiyati moliya-iqtisodiyot boʼlimi boshligʼi
2010-2015 yy. - Qoraqalpogʼiston Respublikasi Joʼqorgʼi Kengesi Аpparati qoʼmitalar bilan ishlash boʼlimi bosh mutaxassisi
2015-2016 yy. - Qoraqalpogʼiston Respublikasi Joʼqorgʼi Kengesi Аpparati qoʼmitalar bilan ishlash boʼlimi boshligʼi
2016-2016 yy. - Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmat koʼrsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari boʼyicha kotibiyati mudiri
2016-2017 yy. - Qoraqalpogʼiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri
2017-2019 yy. - Moʼynoq tumani hokimi
2019-2020 yy. - Qoraqalpogʼiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining oʼrinbosari
2020-2020 yy. - Qoraqalpogʼiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirining oʼrinbosari
2020-2021 yy. - Moʼynoq tumani “Orol artemiya sanoat” davlat unitar korxonasi direktori
2021-2023 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Qoraqalpogʼiston Respublikasi filiali rahbari
2023 y. - h.v. - Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʼiston Respublikasi Boshqarmasi boshligʼi
Eslatmalar
Turkum:Shuhrat medali sohiblari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1980-yilda tugʻilganlar Turkum:7-aprelda tugʻilganlar