Shayx Ibrohim masjidi () – XV asrga oid tarixiy masjid, Icheri-sheherning bir qismi boʻlib, Ozarbayjonning Boku shahri, A. Zeynalli koʻchasida joylashgan.
Tarixi left|thumb|230x230px| Bino fasadidagi yozuvda masjid qurilishi uchun buyurtma bergan Hoji Amirshoh ibn Yoqub nomi qayd etilgan. Boshqa bir yozuvda esa masjidni Ogʻa Gʻafar Hoji Murod oʻgʻli taʼmirlagani koʻrsatilgan. Asosiy yozuvlardan maʼlum boʻlishicha, masjid 1415—1416-yillarda (hijriy 838-yil), Sulton Shayx Ibrohim davrida qurilgan. Shu sababli mahalliy aholi tomonidan ushbu yodgorlikka Shayx Ibrohim nomi berilgan.
Arxitekturaviy xususiyatlari Masjid toʻrtburchak shaklida qurilgan boʻlib, binoning yuqori qismi tosh gumbaz bilan qoplangan. XIX asrda masjidning fasad devori yuzasi uchta toʻrtburchak ramkaga boʻlingan. Bu bilan bino Yevropa meʼmorchilik maktabi namunalariga oʻxshab ketadi. Har bir ramka ichida derazalar oʻrnatilgan boʻlib, ular yoriqlar bilan yakunlanadi. Kirish qismi portal shaklida. Masjid qurilishida meʼmorchilikning milliy-madaniy mazmun saqlanib qolingan boʻlib, aynan shuning uchun ham ushbu yodgorlik milliy hamda yevropacha naqshlar birlashgan meʼmorchilikning yorqin namunalaridan biri hisoblanadi"%20məscidi "„Şeyx İbrahim“ məscidi" (in Azerbaijani). scwra.gov.az. Retrieved 12 March 2018.az/#monument25 „ŞYeYX İBRAHİM MƏSCİDİ“ (in Azerbaijani). icherisheher.gov.az. Archived from az/#monument25 the original on 27 July 2016. Retrieved 12 March 2018..
Yana qarang
Jin masjidi Juma masjidi
Manbalar
Turkum:Bokudagi masjidlar Turkum:Ozarbayjon meʼmoriy yodgorliklari