Izzatilla Abdullayev (; 16-yanvar 1996-yil, Oʻzbekiston) – Oʻzbekistonlik futbolchi, Toshkentning „Lokomotiv“ klubi hujumchisi. Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi tarkibida 2012-yilgi AFC U-17 Osiyo Kubogi chempioni va 2013-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionati ishtirokchisi.
Futbolchilik faoliyati Futbolchilik faoliyatini Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi oʻrinbosarlar jamoasi tarkibida boshlagan. 2016-yilgi mavsumda Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Oʻzbekiston Superligasidagi debyutini 2016-yil „Qoʻqon 1912“ jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Jizzax jamoasi tarkibida 5 mavsum davomida oʻynagach 2020-yilgi mavsum oldidan „Buxoro“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Buxoro jamoasida bir mavsum davomida oʻynadi va 23 ta oʻyinda ishtirok etib 3 gol muallifi boʻldi. 2021-yilgi mavsum oldidan Oʻzbekiston Pro ligasi ishtirokchisi Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2023-yil 19-dekabrda uch yillik faoliyatinidan soʻng „Neftchi“ jamoasini tark etgan maʼlum qilindi. 2024-yilgi mavsum oldidan Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
Yutuqlar AFC U-17 Osiyo Kubogi chempioni: 2012 Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2014 Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2021
Shaxsiy hayot Izzatilla „Soʻgʻdiyona“ klubini uzoq yillik darvozboni Shirinboy Abdullayevni ukasidir.
Manbalar
Havolalar
Izzatilla Abdullayev OʻzPFL saytida futbolchi profili
Izzatilla Abdullayev Transfermarkt saytida futbolchi profili Izzatilla Abdullayev Soccerway saytida futbolchi profili
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Sportchilar