Vladimir Nikolaevich Vragov (1945-yil 2-oktyabr — 2002-yil 4-iyun) — sovet va rus matematigi, Novosibirsk davlat universiteti rektori (1993-yildan 1997-yilgacha). Biografiyasi 1945-yil 2-oktyabrda Oʻzbekiston SSR Urganch shahrida tugʻilgan. Uning otasi haydovchi boʻlgan va shu sababli oilasi tez-tez koʻchib yurishga majbur boʻlgan.

1963-yilda Novosibirskdagi 10-sonli maktabni tamomlagan va shu yili Novosibirsk davlat universitetining mexanika-matematika fakultetiga o‘qishga kiradi.

1968-yilda universitetni tamomlagach, NDU aspiranturasiga oʻqishga kirdi.

1969-yildan Rossiya Fanlar akademiyasining Sibir filiali Matematika institutida funksiyalar nazariyasi bo‘limida ishlagan.

1971-yilda V.N.Vragov nomzodlik, 1978-yilda esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Dissertatsiya himoyasidan so‘ng u Matematika institutiga ilmiy kotib, keyinchalik NDU prorektori etib tayinlandi. Prorektorlik faoliyati bilan parallel ravishda o‘qituvchilik bilan ham shug‘ullangan. Uning rahbarligida 56 ta nomzodlik va 8 ta doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan. 1993-yilda Vragov NDU rektori etib saylandi va 1997-yilgacha ushbu lavozimda faoliyat yuritdi. Uning rahbarligida bir qancha yangi taʼlim yoʻnalishlari: “Sharqshunoslik”, “Iqtisodiyot va huquq” mutaxassisliklari, tibbiy-biologiya yoʻnalishi va ilmiy jurnalistika boʻlimi ochildi. 1997-yil bahoridan V.N.Vragov Rossiya Fanlar akademiyasining Sibir boʻlimida YuNESKO kafedrasiga rahbarlik qildi. Xotira Vladimir Vragov Novosibirskdagi janubiy qabristonga dafn etilgan. Havolalar Виртуальный музей — Врагов Владимир Николаевич В. Н. Врагов Персональная страница на сайте Фотоархив СО РАН

Turkum:Urganchda tugʻilganlar