Benjamin Rush () (1746-yil 4-yanvar — 1813-yil 19-aprel) — Amerika Qoʻshma Shtatlarining asoschilaridan biri, Amerika inqilobida faol ishtirok etgan. Shu bilan birga AQSh mustaqillik deklaratsiyasiga imzo chekkan siyosatchilardan biri. Bundan tashqari shifokor, siyosatchi, ijtimoiy islohatchi, gumanist, oʻqituvchi va Dickinson kollejining asoschilaridan biri. Rush Pensilvaniya Kontinental kongress delegati ham boʻlgan. Keyinchalik Amerika inqilobini qoʻllab-quvvatlovchi hatti-harakatlarni yoqlab chiqadi. U Amerika inqilobi paytida kontinental armiyada bosh jarroh boʻlib xizmat qilgan. Shuningdek, Pensilvaniya universitetida kimyo, tibbiyot nazariyasi va klinik amaliyot boʻyicha professor boʻlgan. Rush Amerika maʼrifatparvari va Amerika inqilobining yetakchilaridan biri. Manbalar
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Benjamin Rush · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.