Martha Scott (1912-yil 22-sentyabr — 2003-yil 28-may) — amerikalik aktrisa.
Faoliyati Martha Scott Cecil B. DeMillening „The Ten Commandments“ (1956) va William Wylerning „Ben-Hur“ (1959) filmlarida Charlton Xeston ismli qahramonning onasini rolini oʻynagan. U 1938-yilda Thornton Wilderning „Our Town“ filmida Emily Webb rolini ijro etgan. 1940-yilda esa filmning yangi versiyasida ushbu rolni qayta yaratgan hamda bu roli uchun „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida Akademiya mukofotiga nomzod boʻlgan.
Karyerasi
Scott 1934-yilda Chicagoda boʻlib oʻtgan „Taraqqiyot asri“ jahon yarmarkasida Shekspirning qator spektakllarida „Globe“ teatr truppasi bilan ishtirok etgan. Kollejni tugatgandan soʻng Nyu-York shahriga koʻchib oʻtdi va u yerda sahna asarlari va radio dramalarida ishlay boshladi. 1938-yilda Brodveydagi debyutini Thornton Wildening „Our Town“ pyesasida amalga oshirdi.
Scott keyingi toʻrt dekada davomida barqaror ijod qildi hamda „The Ten Commandments“, „Ben-Hur“, „The Desperate Hours“ va „Airport 1975“ kabi yirik epiklarda koʻrinish berdi. U Charlton Xeston bilan mana shu vaqt davomida ham sahnada, ham ekranda tez-tez rollar ijro etgan.
1968-yilda Henry Fonda va Robert Ryan bilan birgalikda „Plumstead Playhouse“ deb nomlangan teatrga asos solishdi. Uning soʻnggi spektakli Gollivuddagi teatrda namoyish etilgan „Twelve Angry Men“ boʻlgan.
Mukofotlari Martha Scottning teatrdagi hissasi uchun Gollivud shon-shuhrat xiyobonining 6126-bulivarida uning sharafiga yulduz qoʻyilgan.
Filmografiyasi Our Town (1940) — Emily Webb The Howards of Virginia (1940) — Jane Peyton-Howard Cheers for Miss Bishop (1941) — Ella Bishop They Dare Not Love (1941) — Marta Keller One Foot in Heaven (1941) — Hope Morris Spence Stage Door Canteen (1943) — Martha Scott Hi Diddle Diddle (1943) — Janie Prescott Phyffe In Old Oklahoma (1943) — Catherine Elizabeth Allen So Well Remembered (1947) — Olivia Strange Bargain (1949) — Georgia Wilson When I Grow Up (1951) — Mother Reed Charlotteʼs Web (1973) Summer Girl (1983) — Martina Shelburne Adam (1983) — Gram Walsh Magnum P. I. (1983) — Jeanie LaSalle Doinʼ Time on Planet Earth (1988) — Virginia Camalier Daughter of the Streets (1990) — Sarah
Manbalar
Havolalar
Turkum:1912-yilda tugʻilganlar Turkum:22-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari