Tortilla de rescoldo yoki choʻgʻda pishirilgan tortilla – Chili va Shimoliy Argentina milliy oshxonasida koʻpincha xamirturushsiz tayyorlanadigan yupqa non boʻlib, odatda qishloq aholisi tomonidan pishiriladi. U anʼanaviy ravishda gulxan yoki kamin choʻgʻida pishiriladigan bugʻdoy unidan tayyorlaniladigan nondir. Tortilla de rescoldo asosan aholi punktlarida yoki yoʻl boʻylab keng tarqalgan kioskalarda sotiladigan koʻcha taomi hisoblanadi.
Tarixi Nonning kelib chiqishi ispan mustamlakachilariga borib taqaladi, ular uni pan subcinerarioga oʻxshash sayohat ratsion taomi sifatida isteʼmol qilishgan.
Odatda oq libos kiyib yuradigan palomita deb nomlanuvchi sotuvchi ayollar tortillalarni temir yoʻl stansiyalarida va boshqa jamoat joylarida sotishadi. Non ayniqsa Antihue va Laraquete hududlarida koʻp sotiladi.
Tarkibi Tortilla de rescoldoning barcha nonlar qatori oddiy tarkibiy qismi undan iborat. Un bilan birga nonga choʻchqa yogʻi, sariyogʻ, sabzavotlar va tuz ham qoʻshiladi; baʼzi retseptlar pishirish sodasi yoki xamirturushni ham oʻz ichiga oladi.
Tayyorlanishi Tarkibiy qismlar yumshoq xamir hosil boʻlgunicha aralashtiriladi va diametri 20 santimetrdan (7,9 dyuym) 50 santimetrgacha (20 dyuym) kattalashib boradigan disklar hosil boʻladi. Olovdan choʻgʻlari olib tashlanadi va tortillalar toʻgʻridan-toʻgʻri ularning ustiga qoʻyiladi.
Tortillas de rescoldo sariyogʻ yoki mintaqaviy ziravorlar bilan dasturxonga tortiladi.
Taʼmi Tayyor tortillalar ulardan tutun, kul va koʻmirning kuchli taʼmi kelishi bilan ajralib turadi.
Turlari Tortilla de rescoldoning boshqa hududlarda pishiriladigan oʻzgargan turlariga choʻchqa goʻshtini ichiga olgan va chuchita deb nomlanuvchi mahalliy qisqichbaqasimonlardan tayyorlanadiganlari kiradi. Ular Antihueda va Laraqueteda tayyorlanadi.
Qonunlar Hukumatning xavfsizlik qoidalari anʼanaviy tortilla de rescoldoning sotilishiga qarshilik qiladi va ularni ochiq olovda emas, balki pechda pishirishni, chuchitalarni esa sirkada saqlashni talab qiladi. Ikkala qoida ham anʼanaviy mahsulotning taʼmi va beradigan hissiyotini tubdan oʻzgartiradi.
Yana qarang Tabun noni Msemmen Shotis puri
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Nonlar Turkum:Yupqa nonlar Turkum:Chili oshxonasi Turkum:Argentina oshxonasi