Hugh Samuel Johnson (1882-yil 5-avgust – 1942-yil 15-aprel) Amerika Qoʻshma Shtatlari armiyasi zobiti, biznesmen, notiq, hukumat amaldori va gazeta sharhlovchisi edi. U 1932-yildan 1934-yilgacha Franklin D. Rooseveltning Brain Trust aʼzosi boʻlgan. U FDR uchun koʻplab nutqlar yozgan va New Dealni rejalashtirishga yordam bergan. 1933-yilda National Recovery Administration(NRA) rahbari etib tayinlangandi. Schlesinger (1958) va Ohl (1985) fikricha, u yaxshi tashkilotchi boʻlishiga qaramay, u tengdoshlari bilan hamjihatlikda ishlay olmadi. U 1934-yil avgustda NRA ustidan nazoratni yoʻqotdiSchlesinger (1958) pp 105–6, 156; Ohl (1985).

Biografiyasi

U 1882-yilda Fort Scott, Kansasda Samuel L. Va Elizabeth (née Mead) Johnson oilasida tugʻilganHamby, For the Survival of Democracy: Franklin Roosevelt and the World Crisis of the 1930s, 2004, p. 144.White, The National Cyclopaedia of American Biography, 1967, p. 5..

Hughning otasi advokat boʻlib, u Wichita, Kansasdagi davlat maktabida tahsil olgan, keyinchalik oilasi bilan Oklahomaga koʻchib oʻtgan.

Faoliyati Jonson 1899-yilda West Pointg safiga qoʻshildiCullum, Biographical Register of the Officers and Graduates…, 1920, p. 1044.Howard, "Our Twenty-one Generals of Forty Years and Under, " New York Times, August 24, 1919. va 1903-yil 11-iyunda unga tarkibiga ikkinchi leytenant unvoni berildi. 1907—1909-yillarda u Pampanga, Filippinda boʻlib, keyinchalik Kaliforniyaga koʻchadi. Johnson 1919-yil 25-fevralda AQSH armiyasidan isteʼfoga chiqdi. U Provost Marshal muassasadagi xizmatlari va loyihani amalga oshirishdagi koʻrsatgan yordami uchun 1926-yil medal bilan taqdirlangan. Medaldagi rasmiy eʼtirofda shunday deyilgan:

Johnson 1919-yil 1-sentabrda Moline Plow Company bosh direktorining yordamchisi etib tayinlandi. Moline Plow prezidenti George Peek va Johnson birgalikda taklif qilingan federal qonun asosida AQSh tarixidagi birinchi ferma narxlarni qoʻllab-quvvatlash uchun McNary-Haugen Farm Relief Billni tashkil qilishgan.

Johnson 1933-yilda Time Johnsonni Yil kishisi deb eʼlon qilingan.

Shuningdek, Johnson bir qancha maqola va hikoyalar yozgan. Uning The Dam asari 1911-yilda yozilgan boʻlib, ilmiy fantastik asar hisoblanadi. Asarda Hikoyada Yaponiya Kaliforniyani bosib olishi va uni zabt etishi haqida hikoya qilinadi.

Vafoti

General Hugh S. Johnson 1942-yilning aprelida Vashingtonda pnevmoniyadan vafot etdi. U Arlington National Cemetaryda dafn etilgan. Manbalar

Havolalar "1933 Man of Year." Time. January 1, 1934. Encyclopedia of Oklahoma History and Culture – Johnson, Hugh