Marcia Joan Brown (1918-yil 13-iyul – 2015-yil 28-aprel) amerikalik yozuvchi boʻlib, 30 dan ortiq bolalar kitoblarining yozuvchisi hisoblanadi."Childrenʼs author, 3-time winner of caldecott Medal, " Chicago Sun-Times, May 9, 2015, p. 33. U Amerika Kutubxonalar Assotsiatsiyasining uchta yillik Kaldekott medali sovrindori boʻlib, yilning eng yaxshi rasmli kitobi illustratsiyasiga,„Caldecott Medal & Honor Books, 1938–Present“. Association for Library Service to Children (ALSC). American Library Association (ALA). „The Randolph Caldecott Medal“. ALSC. ALA. Retrieved 2013-06-10. va 1992-yilda bolalar adabiyotiga qoʻshgan hissasi uchun ALA Laura Ingalls Wilder medalini qoʻlga kiritdi.„Laura Ingalls Wilder Award, Past winners“. ALSC. ALA. „About the Laura Ingalls Wilder Award“. ALSC. ALA. Retrieved 2013-06-10. Uning koʻpgina asarlari Afrikalik, Nemis, Yapon, Ispan va Xosa-Bantu kabi nashrlari tarjima qilingan. Brown bolalar adabiyotidagi eng sharafli rassomlardan biri sifatida tanilgan.
Hayoti Brown 1918-yil 13-iyulda Nyu-Yorkning Rochester shahrida tugʻilgan. U Nyu-York shtat o'qituvchilar kolleji yaʼni avvalgi Olbani universitetiga oʻqishga kirdi. U Nyu-York shahridagi Kornuoll oʻrta maktabida dars bergan. Kryinchalik u Nyu-York jamoat kutubxonasining markaziy bolalar xonasida ishlash uchun dars berishni tark etdi. Uning birinchi kitobi „Kichik karusel“ boʻlib, u 1946-yilda Scribner's tomonidan nashr etilgan 32 betlik rasmli kitob boʻlgan.
Brown oʻzining muharriri boʻlgan hamrohi Janet Loranjer bilan birga yashagan. Brown 2015-yil 28-aprelda Kaliforniyaning Laguna Hills shahrida vafot etgan.
Mukofotlari Bolalar yozuvchisi sifatidagi hissasi uchun Brown 1966 va 1976-yillarda bolalar kitoblari ijodkorlari uchun mavjud boʻlgan eng yuqori xalqaro eʼtirof boʻlmish xalqaro Hans Christian Andersen mukofoti uchun AQSH nomzodi boʻlgan.„Hans Christian Andersen Awards“. International Board on Books for Young People (IBBY). Retrieved 2013-07-22. „US Nominees for the Hans Christian Andersen Award“. AndersenAward-winners-and-nominees.pdf , page 2. United States Board on Books for Young People. 2008. Retrieved 2013-07-22. U 1977-yilda Katolik kutubxonalari assotsiatsiyasidan "bolalar adabiyotiga doimiy, alohida qoshgan hissasi„Regina Medal“. Catholic Library Association. Retrieved 2013-07-22. uchun" Regina medali va 1992-yilda Amerika kutubxonalar assotsiatsiyasidan Laura Ingalls Wilder Medalini oldi.
Tanlangan asarlari Caldecott medali sovrindorlari Cinderella, or the Little Glass Slipper, 1954 Once a Mouse, 1961 Shadow (Marcia Brown book)|Shadow, 1982 Caldecott medali finalchilari Stone Soup: An Old Tale, 1947 Henry Fisherman, 1949 Dick Whittington and his Cat, 1950 Skipper Johnʼs Cook,1951 Puss in Boots (Brown book)|Puss in Boots, 1952 The Steadfast Tin Soldier, 1953
Manbalar