Stiphen Arthur Cook 1939-yil 14-dekabrda tugʻilgan (Buffalo, Nyu-York, AQSh) – amerikalik kompyuter mutaxassisi va 1982-yilda A. M. Turing mukofotini „advancement of our understanding of the complexity of computation in a significant and profound way“ ilmiy ishi uchun taqdirlangan.
Hayoti va ish faoliyati Cook Michigan universitetida kompyuter fanlari boʻyicha bakalavr (1961) va Garvard universitetida kompyuter fanlari boʻyicha magistr (1962) va doktorlik (1966) darajasini qoʻlga kiritdi. Garvardni tark etgach, Cook Berklidagi Kaliforniya universiteti fakultetiga ishga kirdi. 1970-yilda Cook Toronto universitetiga koʻchib oʻtdi va u yerdan 1985-yilda universitet professori unvonini qoʻlga kiritdi. 1971-yilda Cook „The Complexity of Theorem Proving Procedures“ ni chop etdi, bu NP-toʻliq muammolar nazariyasiga asos solgan muhim maqola – samarali echim algoritmi maʼlum boʻlmagan muammolar. Ushbu soha kompyuter fanida eng muhim sohalardan biri boʻlib qolmoqda. Cook London Qirollik jamiyati, Kanada Qirollik jamiyati, AQSH Milliy fanlar akademiyasi va Amerika sanʼat va fanlar akademiyasiga saylangan. Cook Jon L. Synge mukofoti va Bernard Bolzano medalini qoʻlga kiritdi.
Mukofotlari 1977-yil – Steasie Memorial Fellowship mukofoti 1982-yil – Killam Research Fellowship mukofoti 1999-yil – CRM-Fields-PIMS mukofoti 1982-yil – ACM Turing mukofoti 2008-yil – ACM aʼzosi sifatida taqdirlandi 2015-yil – Kanada ordeni ofitseri unvoni 2012-yil – Kanadalik Gerxard Gertsberg oltin medali 2015-yil – BBVA Foundation Frontiers of Knowledge Awards.
Manbalar
Turkum:AQSh milliarderlari Turkum:Amerikalik dasturchilar Turkum:AQSh olimlari Turkum:Yashayotgan insonlar