The Magic of Thinking Big – David J. Schwartsning oʻz-oʻzini rivojlantiruvchi kitobi. U birinchi marta 1959-yilda nashr qilingan. Qisqartirilgan versiyasi esa 1987-yilda bosmadan chiqarilgan.
„Forbes“ uni oʻz-oʻziga yordam berish boʻyicha eng yaxshi kitoblardan biri deb atagan.
Qabul qilish va taʼsiri 1982-yil oxiriga kelib, u 1,494,000 sotuvga ega boʻlgan Simon & Schusterning eng koʻp sotilgan qogʻozli kitoblaridan biri boʻlgan. 2015-yilga kelib ushbu kitob 6 milliondan ortiq nusxada sotilgan.
Thomas J. Stanley oʻz vebsaytida oʻzining „The Millionaire Next Door“ bestsellerini yozishga Schwarts va uning kitobi qanday turtki boʻlganini aytib oʻtgan. Ikkalasi ham Georgia davlat universitetining marketing boʻlimi oʻqituvchisi boʻlishgan va „muvaffaqiyat“ni muhokama qilishgan. Schwarts Stanleyning birinchi Marketing to the Affluent kitobini qanday yaxshilash boʻyicha taklif bergan: „Endi bor eʼtiboringizni ular qanday boyib ketishganiga qarating. Katta oʻylang.“
Amerikalik futbol murabbiyi va sport boshlovchisi – Lou Holtz bu uning sevimli kitobi ekanligini aytib oʻtgan.
Basketbol murabbiyi Joe Harrington 1980-yillarda Long Beach State 49 ersning har bir aʼzosiga ushbu kitobning bir nusxasidan bergan. Maryland universitetidan Lefty Driesell ham ushbu kitobni oʻz jamoa aʼzolariga tarqatgan.
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha kitoblar