Darya Latisheva — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi „Dinamo“ jismoniy tarbiya-sport jamiyati Maxsus jismoniy tayyorgarlik Markazi boʻlimi instruktori. Hayoti va faoliyati Latisheva Darya Anatolevna 2000-yil 22-mart Toshkent shahrida tugʻilgan.
2018-yil Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida boʻlib oʻtgan XVIII yozgi Osiyo oʻyinlarida Darya Latisheva kumush medal sohibiga aylangan.
Xitoyning Xanchjou shahrida Osiyo oʻyinlarining ayollar oʻrtasida boʻlib oʻtgan ushu sport turining nankuan va nandao dasturlari yakuniga koʻra Darya Latisheva bronza medali sohibasi boʻldi.
Yutuqlari
Osiyo Chempioni (2015, 2017-yillar); Jahon Chempioni (2016-yil); Osiyo Oʻyinlari vitse chempioni (2018-yil), Osiyo Oʻyinlari chempioni (2023-yil)
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston sportchilari