Park Min Young (koreyscha:박민영; 1986-yil 4-martda tugʻilgan) – Janubiy Koreyalik aktrisa. Uning boʻyi 1.64 metr va vazni taxminan 41 kg. Park „Sungkyunkwan Scandal“(2010) tarixiy sarguzasht dramasidagi roli orqali mashhurlikka erishgan. Shundan soʻng u „City Hunter“ (2011), „Glory Jane“ (2011), „Doctor Jin“(2012), „A New Leaf“(2014), „Healer“(2014–2015), „Remember“ (2015–2016), „Queen for Seven Days“(2017), „Whatʼs Wrong with Secretary Kim“(2018), „Her Private Life“(2019), „When the Weather Is Fine“(2020), „Forecasting Love and Weather“(2022) va „Love in Contract“(2022) kabi teleseriallarida rol oʻynagan. Hayoti

Park Min Young 1986-yilning 4-martida Seoulda oddiy koreys oilasida tugʻilgan. Park Min Young oʻrta maktabda oʻqiyotgan davrlarida XALQARO almashinuv talabasi sifatida AQShda tahsil olgan. 2013-yilning fevral oyida Park Seouldagi Dongguk universitetini teatr mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Faoliyati Park Min Young 2005-yilda SK Telecom reklama roligida oʻzining koʻngilochar debyutini qilgan. Oʻzining aktyorlik faoliyatini bir yildan soʻng 2006-yilda „High Kick sitcom“ida boshlagan. U televideniya dramalarda „I Am Sam“(2007) filmidagi taniqli gangsterning yagona qizi rolini oʻynagan. „Ja Myung Go“(2009) dramasida yovuz malika rolini hamda „Running,Gu“(2010) filmida ikki marafon yuguruvchisi oʻrtasida qolgan qizni oʻynagan.2008-yilda esa BigBang guruhning Haru Haru qoʻshigʻida G-Dragonning sevgilisi rolini ijro etgan. Shuningdek, 2010-2017-yillarda Park Min Young koʻplab dramalarda rol ijro qiladi.

2018-yilda esa Park oʻzining birinchi romantik komediya dramasida Pak Seo Jun bilan birga „Whatʼs Wrong with Secretary Kim“ serialida rol ijro etgan va bu rol Parkning mashhurligini oshirdi. 2019-yilda Park Kim Chje Vuk bilan birga oʻzining ikkinchi romantik komediyali dramasi „Her Private Life“da rol oʻynaydi. 2020-yilda esa Seo Kang-Jun bilan birga JTBC telekanalining „Weather is Fine“ ishqiy dramasida rol oʻynagan. 2021-yilning 29-dekabrida Parkning „Namoo Actors“ agentligi bilan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilganidan keyin u bu agentlik bilan shartnomasi oʻz nihoyasiga yetgani eʼlon qilgan. Oradan bir kun oʻtgach, „Hook Entertainment“ bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilgan. Manbalar

Turkum:Koreyaliklar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar