Oʻljoy Turkon ogʻo (Oʻljoy Turkon Xonim) – temuriylar saltanati asoschisi Amir Temurning birinchi xotini.

Kelib chiqishi Oʻljoy Turkon ogʻoning tugʻilgan sanasi nomaʼlum. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, u amir Qozogʻonning oʻgʻli amir Muslining qizi boʻlgan. Shuning uchun u Tbiat (Bbiat) urugʻidan, bobosiga aloqador boʻlgan qabiladan kelib chiqqan boʻlishi mumkin. 1356-yilda amir Qozogʻon uni Amir Temurga turmushga berdi. Vaqt oʻtishi bilan Amir Temur va Amir Husayn dushmanga aylanadi.

Hayoti Oʻljoy Turkon ogʻo 1356-yilda birinchi oʻgʻli Jahongirni dunyoga keltirgan. U Amir Temurga hamma joyda hamroh boʻladi. 1358-yilda uning bobosi Qozogʻon fitna paytida oʻldirilgan. Xisrav Bayonqulixon bilan fitnani uyushtirgan. 1362-yilda Oʻljay Turkon ogʻo Amir Temurning ikkinchi qizi Sulton Baxt Begimni dunyoga keltiradi. Oʻsha yili Amir Temur 1360-yildan beri yaxshi munosabatda boʻlgan Tugʻluq Temurga xizmat qilishni toʻxtatdi. Amir Husayn bilan birgalikda Tugʻluq Temurga qarshi chiqadi. Ammo Moʻgʻul xoni tomonidan yuborilgan kichik guruhlar amirlar askarlari safini kamayishiga sabab boʻladi. Tugʻluq Temur jangchilarining navbatdagi hujumidan keyin Amir Temur safdoshlaridan katta qismidan ayrilib Oʻljoy Turkon ogʻo bilan birga sahro boʻylab chekinadi. Amir Temur surgunligining eng ogʻir davrida (1361—1362) u ogʻir sharoitlarda eriga hamroh boʻldi.

Vafoti 1366-yilda Oʻljoy Turkon ogʻo vafot etadi. Shu sababli, uning akasi va eri oʻrtasidagi barcha ishonchli munosabatlar buziladi. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, u Samarqand tashqarisida vafot etgan, 1370-yildan keyin Amir Temur jasadni Shohizinda maqbarasiga dafn qilgan.

Adabiyotlar «Уложение Тимура» Издательство литературы и искусства имени Гафура Гуляма, Ташкент. Перевод с персидского Хамидуллы Караматова, под научной редакцией Б. Ахмедова, автор предисловия, примечаний и комментариев Б. Ахмедов, 1999. Хильда Хукхэм «Властитель семи созвездий» 1995, Ташкент, издательство «Адолат». Му‘изз ал-ансаб (Прославляющее генеалогии). Введение, перевод с персидского языка, примечания, подготовка факсимиле к изданию Ш. Х. Вахидова. // История Казахстана в персидских источниках. Т. 3. Алматы: Дайк-Пресс, 2006, с.147 Ибн Арабшах История эмира Тимура = Аджайиб ал-макдур фи тарих-и Таймур. — 2-е изд. — Ташкент: Институт истории народов Средней Азии имени Махпират, 2007. The Legendary Biographies of Tamerlane. By Ron Sela Manz, Rise and Rule , 78; Mu q izz, fol. 116a Tamerlane: sword of Islam, conqueror of the world By Justin Marozzi Women in the Medieval Islamic World, edited by Gavin R. G. Hambly Women in Iran from the Rise of Islam to 1800, edited by Guity Nashat, Lois Beck The state under Timur: a study in empire building, Syed Jamaluddin — 1995—191 pages, Page 41 Domesticity and Power in the Early Mughal World, By Ruby Lal

Manbalar

Turkum:1367-yilda vafot etganlar Turkum:Temuriy malikalar