Antonio Adan Garrido ( 1987-yil 13-mayda tugʻilgan) – ispaniyalik professional futbolchi, darvozabon sifatida oʻynaydi.

Antonio faoliyatining dastlabki qismida „Real Madrid“ klubi akademiyasda taʼlim olgan va klubning asosiy jamoasida zaxira darvozaboni sifatida oʻynagan. Keyinchalik faoliyatining katta qismini „Betis“ klubi tarkibida oʻtkazgan. 2018-yil Atletiko Madrid jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2013—2014-yillarda Italia A Seriyada ishtirok etgan „Kalyari“ klubi tarkibida oʻynagan. 2020—2024-yillarda Portugaliyaning „Sporting CP“ klubi safida oʻynagan va jamoa bilan birgalikda ikki marta Primeira chempionligini qoʻlga kiritgan.

Antonio Ispaniyaning turli yoshdagi tarma jamoalari safida jami 39 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Klubdagi faoliyati

„Real“ning tarbiyalanuvchisi boʻlmish Otra perla con guantes ; El País, 23 avgusta 2010 Adan klubning uchinchi jamoasiga 2005-yili qoʻshildi. 2006-yilda asosiy jamoa bilan AQShga mavsumoldi safarga bordi.

2009-yilda Xorxe Kodina „Xetafe“ jamoasiga oʻtib ketgani bois birinchi jamoaga chaqirildi.

Antonio asosiy jamoadagi oʻz debyutida 2010-yil 8-dekabrda „Oser“ jamoasiga qarshi jarohat olgan Jerzy Dudek oʻrniga maydonga tushdi. Ispaniya chempionatidagi debyutini 2011-yil 13-fevraldagi „Espanyol“ga qarshi kechgan oʻyinda oʻyindan chetlatilgan Iker Casillas oʻrniga maydonga tushgan holda oʻtkazdi. Ushbu oʻyinda u gol oʻtkazmadi va bosh murabbiy Jose Mourinhoning maqtoviga sazovor boʻldiJoze Mourinyu: „Vsya Ispaniya dumala, chto nam ne udastsya pobedit“ sports.ru. Keyingi turda esa asosiy tarkibda „Levante“ga qarshi maydonga tushib, 90 daqiqa oʻynadi.

2012-yil 5-mayda Ispaniya chempionatining 37-turida „Granada“ga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushib, oʻyinni toʻliq oʻtkazdi. Adan bittagina gol oʻtkazib yubordi. Oʻsha uchrashuvda „Real“ 0:1 hisobida yutkazayotgan holda hisobni tenglashtirib, biroz oʻtib yana bitta gol urgan holda gʻalabaga erishdi (2:1).

Xalqaro faoliyati Adan 2006-yili oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati gʻolibi hisoblanadi.

Shaxsiy hayoti Antonioning kumiri Pako Buyo hisoblanadi. U har doim maydonga chap oyogʻi bilan chiqib keladiAntonio Adan Garrido realmadrid.com.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Real Madrid C futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:Real Madrid Castilla futbolchilari Turkum:Real Betis futbolchilari Turkum:Atlético Madrid futbolchilari Turkum:Sporting CP futbolchilari Turkum:Cagliari Calcio futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:Tercera División oʻyinchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Sportchilar