Lionel Zinsou (23-oktyabr 1953-yilda tugʻilgan) 2015-yildan 2016-yilgacha Benin Respublikasi Bosh Vaziri sifatida faoliyat yuritgan iqtisodchi. 2017-yil iyundan boshlab u Terra Nova siyosat instituti prezidenti boʻlib ishlab kelmoqda.

Hayotining boshlangʻich davri va taʼlim Zinsouning otasi Beninda (oldingi Dagomeya) tavallud topgan. Zinsouning oʻzi Parijda tugʻilgan va 1968-yildan 1969-yilgacha Dahomeyning prezidenti boʻlgan Émile Derlin Zinsouning jiyani boʻlganEdmond D’Almeida, „Bénin : cinq choses à savoir sur Lionel Zinsou, le nouveau Premier ministre“, Jeune Afrique, 19 June 2015 .. Bundan tashqari Zinsou École Normale Supérieure va London School of Economics universitetlari bitiruvchisi.

Karyerasi Zinsou fransuz sotsialistik siyosatchisi Laurent Fabius bilan yaqin aloqa bogʻlagan va 1980-yillarning oʻrtalarida Fabius hukumatda boʻlganida qoʻl ostida ishlaganEdmond D’Almeida, „Bénin : cinq choses à savoir sur Lionel Zinsou, le nouveau Premier ministre“, Jeune Afrique, 19 June 2015 ..

Zinsou 2008-yilda PAI Partners investitsiya fondiga qoʻshilishdan oldin Rothschilds bankirlarining hamkori boʻlgan. Shuningdek, u 2006-yildan 2011-yilgacha Benin Prezidenti Yayi Bonining maxsus maslahatchisi boʻlib ishlaganEdmond D’Almeida, „Bénin : cinq choses à savoir sur Lionel Zinsou, le nouveau Premier ministre“, Jeune Afrique, 19 June 2015 ..

2013-yilda Benin Respublikasi Ouidah shahrida uning Zinsou Fondi nomli muzeyi ochiladi. Bu Sahroi Kabirdagi (Afrika) birinchi zamonaviy sanʼat muzeyi hisoblanadiPhilippe Dagen, „Benin blazes a trail for African modern art with opening of museum in Ouidah“, The Guardian, 6 January 2014. Retrieved 29 August 2014..

2015-yil 18-iyunda Prezident Yayi Boni Zinsouni Benin Respublikasi Bosh Vaziri etib tayinlaydi. U bilan birgalikda yana 27 nafar hukumat aʼzolari tayinlanadi va Zinsouning yelkasiga mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi javobgarligi tushadi„Bénin: Lionel Zinsou nommé Premier ministre“, Radio France Internationale, 19 June 2015 .. Vaholanki, Bosh Vazir lavozimi 1990-yilda yaratilgan Benin konstitutsiyasida mavjud emas edi va konstitutsiya kuchga kirganidan keyingi koʻp davrlarda hech kim bu lavozimni egallamagan edi. Shuningdek, bu voqea prezidentning faoliyat muddati tugashiga 10 oydan kamroq vaqt qolganida sodir boʻldi va ikkinchi marta prezidentlikka qayta saylanish taʼqiqlangan edi. Shu sababli baʼzilar Zinsouning bu lavozimga tayinlanishi uni Bonining tanlangan vorisi ekanligidan dalolat berishi mumkinligini aytishdiEdmond D’Almeida, „Bénin : cinq choses à savoir sur Lionel Zinsou, le nouveau Premier ministre“, Jeune Afrique, 19 June 2015 ..

2015-yil 1-dekabrda Zinsouning 2016-yilgi prezidentlik saylovlarida Rivojlanayotgan Benin uchun Cowry kuchlari partiyasidan nomzod sifatida qatnashishi eʼlon qilindi. Saylov oldi u qishloq xoʻjaligini moliyalashtirish va norasmiy ishchilarni rasmiy ish bilan taʼminlashga koʻmaklashishga eʼtibor qaratishini aytib oʻtadi„Benin PM Zinsou confirms to run for president in 2016 polls“, Reuters, 2 December 2015..

2015-yil 27-dekabrdagi Benin shimoli-gʻarbidagi Djougou shahriga qilingan tashrif davomida Zinsouning vertalyoti stadionga qulaydi. Ammo u jarohatlanmaydi„Benin prime minister unhurt after helicopter crash“, Agence France-Presse, 27 December 2015..

Boshqa ishlari Danone, Direktorlar kengashi aʼzosiBoard of Directors Danone. Atos, Direktorlar kengashi aʼzosi (2010-2014) Chr. Hansen, Direktorlar kengashi aʼzosi (2009-2011) Kaufman & Broad S.A., Direktorlar kengashi aʼzosi (2009-2015)

Manbalar