Rasul Hodizoda (1928-yil 6-mart, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2010-yil 4-aprel, Dushanbe shahri, Tojikiston) – adabiyotshunos, yozuvchi, tarjimon. Tojikiston SSR yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, filologiya fanlari doktori, Tojikistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi. „Samarqandnoma“ asari muallifi.

Biografiyasi Rasul Hodizoda 1928-yil 6-mart kuni Oʻzbekiston SSRga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatida tugʻilgan. 1940-yilda Samarqand davlat pedagogika institutini bitirgan. 1944-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlaydi. 1950-yilda esa Oʻzbekiston davlat universitetining sharqshunoslik fakultetini muvaffaqiyatli tamomlagan.

Rasul Hodizoda 1945-yildan 1950-yilgacha Tojikiston davlat radio qoʻmitasida kotib hamda muharrir sifatida faoliyat yuritgan. U 1950-yildan 1954-yilgacha „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasida adabiyot va madaniyat boʻlimi mudiri lavozmida ishlagan. Rasul Hodizoda 1990-yildan 1953-yilgacha Tojikiston davlat universitetining aspirantura taʼlim bosqichida tahsil olgan. 1954-yilda „19-asrning 2-yarmida tojik adabiyotining rivojlanishi“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. U 1967-yilda Tojikiston fanlar akademiyasida katta ilmiy xodim sifatida ishlagan.

Rasul Hodizoda 2010-yil 4-aprelda Tojikistonning Dushanbe shahrida vafot etgan.

Ilmiy faoliyati 1954-yil – „19-asrning ikkinchi yarmida tojik adabiyotining rivojlanish bosqichlari“ 1956-yil – „19-asrning ikkinchi yarmida tojik adabiyotining tarixiy manbalari“ „17-19-asrlarda tojik va fors adabiyotining oʻxshashliklari“ 1966-yil – „Kalila va Dimna“ asarini tojik tiliga tarjima qilgan. 1976-yil – „Ahmad Donish ijodiyotining ahamiyati“ 1984-yil – „Rudakiy va uning zamondoshlari“ 1980-yil – „Lochinning parvozi“ asarini yozib tugatgan. 1983-yil – „Kechadagi yulduz“ romanini chop ettirgan. 2004-yil – „Samarqandnoma“ asarini yozib tugatgan.

Mukofotlari Rasul Hodizoda 1991-yilda „Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi“ unvoni, 1999-yilda „Shon-sharaf“ ordeni bilan mukofotlangan.

Manbalar

Turkum:Samarqandda tugʻilganlar Turkum:6-martda tugʻilganlar Turkum:1928-yilda tugʻilganlar Turkum:4-aprelda vafot etganlar Turkum:2010-yilda vafot etganlar Turkum:Dushanbeda vafot etganlar Turkum:Tojikistonlik yozuvchilar