Aziz Shoxakimov — oʻzbek opera va simfonik dirijyori. U hozirda Orchestre Philharmonique de Strasbourgda musiqa va badiiy rahbar sifatida ishlab kelmoqda.

Yoshligi va taʼlimi

Shoxakimov 1988-yil 3-oktabrda Toshkentda tugʻilgan, olti yoshida V.Uspenskiy nomidagi iqtidorli bolalar musiqa maktabiga oʻqishga kirgan, u yerda Vladimir Neymer bilan skripka, alta va orkestr dirijyorligi boʻyicha tahsil olgan. Shoxakimov 13 yoshida Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestrida dirijyor sifatida debyut qilgan. Shoxakimovning opera dirijyori sifatidagi debyuti Navoiy teatrida boʻlib oʻtdi va u yerda Bizet durdona asari Carmen spektakliga rahbarlik qildi.

2001-yilda Shoxakimov Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestriga dirijyor yordamchisi etib tayinlandi. Uning isteʼdodi va layoqati 2006-yilda rezident dirijyor lavozimiga koʻtarilishiga olib keldi.

Bellashuvlari 2010-yilda faoliyatida burilish yuz berdi, chunki u Bambergda boʻlib oʻtgan xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan Maler Gustav dirijyorlik tanlovida 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bu yutuq unga koʻplab imkoniyatlar eshigini ochib berdi, jumladan, Staatskapelle Dresden, London Philharmonic Orchestra, Luzerner Sinfonieorchester va Orchestra Sinfonica di Milano Giuseppe Verdi kabi orkestrlar bilan hamkorlik qilishga yoʻl ochdi.

2016-yil avgust oyida Shoxakimov Zalsburg festivali davomida unga berilgan Herbert von Karajan yosh dirijyorlar mukofoti gʻolibi sifatida eʼtirofga sazovor boʻldi.

Faoliyati Shoxakimov 2015-2021-yillar oraligʻida Deutsche Oper am Rheinda kapellmeister sifatida faoliyat olib bordi.

Toronto simfonik orkestri, Sietl simfoniyasi, Seul filarmoniyasi, Yomiuri Nippon simfonik orkestri, Frankfurt radiosi simfonik orkestri, Varsovia, RAI milliy simfonik orkestri, Fransiya milliy orkestri, Teatro Comunale di Bolonya, Bolshoy teatri, Opera de Parij, Komische Oper Berlin, Tekfen filarmonik orkestri va Bayerische staatsoper kabi butun dunyo boʻylab yetakchi orkestrlar va opera teatrlarida doimiy dirijyor sifatida ishlaydi..

Orchestre Philharmonique de Strasbourg 2014-yilda Shoxakimov Orchestre Philharmonique de Strasbourg bilan Maler va Shostakovich ijodiga bagʻishlangan dastur davomida ilk marta ishlagan. Bu uchrashuv unda unutilmas taassurot qoldirdi va orkestr sozandalari haqida yuqori baho berib, ularni oʻz chiqishlarida „porlab turgan“ deb ta’rifladi.

2020-yil iyul oyida orkestr Shoxakimovni 2021-2022-yilgi mavsumdan boshlab, dastlabki shartnomasi 3 mavsumdan iborat boʻlgan navbatdagi musiqa direktori etib tayinlanganini eʼlon qildi. 2022-yil noyabr oyida orkestr Shoxakimovning musiqa direktori sifatidagi shartnomasini 2026-yilgacha uzaytirishini eʼlon qildi..

Filmografiyasi

Conduct! Every Move Counts! Der Taktstock O'zbekistonlik

Shaxsiy hayoti Shoxakimov hozirda Strasburgda turmush oʻrtogʻi va ikki farzandi bilan yashaydi.

Manbalar

Tashqi havolalar

Rasmiy veb-sayti Oʻzbekistonlik koʻrastuvining Aziz Shoxakimov ishtirok etgan soni