Biyigul (yoki Mehkam chol) – mashhur baxshi Shomurod Mahmanovga tegishli avtobiografik xarakterdagi terma. Termada ikkinchi jahon urushi hamda surgun davrida hanuz goʻdak boʻlgan Shomurod Toʻgʻayevning boshidan kechirgan qiyinchiliklari hikoya qilingan.
Tarixi Shomurod Baxshining otasi Togʻay shoir 1932-yilda Sibirga surgun qilingan. Shomurod 9 oylik boʻlganida onasi Tojixol Shukurova vafot etgan. Sibirdan qaytib kelgan otasi – Togʻay shoir koʻp oʻtmay urushga chaqrib olingan. Shundan soʻng yosh Shomurod bolalar uyiga berib yuborilgan. Bolalar uyida rus tilida taʼlim olgan Shomurod 1945-yilda, yaʼni otasi Sibirdan qaytib kelganidan soʻng biroz muddat undan taʼlim olgan. Terma matnining mazmuni oʻsha mashʼum kunlarga bagʻishlangan.
Kuylanishi „Biyigul“ termasi dastlab Shomurod Mahmanovning „Yuragimning joʻri boʻlgan doʻmbiram“ kitobidan oʻrin egallagan. Kitob Oʻktam Hakimov tomonidan yozib olingan va „Alpomish media“ homiyligida nashr etilgan. Shuningdek, terma xonanda Hosila Rahimova tomonidan ham kuylangan.
Manbalar
Turkum:Sheʼrlar Turkum:Termalar