STEAM taʼlimi – bu STEM fanlarini (yaʼni, fan, texnologiya, muhandislik va matematika) oʻqitishning badiiy koʻnikmalar, jumladan, ijodiy fikrlash va dizaynni ham oʻz ichiga oluvchi yondashuvidir. STEAM atamasi „STEM“ soʻzining qisqartmasiga sanʼatni anglatadigan „A“ (Art) harfi qoʻshilishi orqali hosil qilingan.

STEAM dasturlarining maqsadi – oʻquvchilarga innovatsion fikrlashni, tanqidiy mulohaza yuritishni, real hayotdagi muammolarga muhandislik yoki texnologiyalardan ijodiy yondashuvda foydalanishni oʻrgatishdan iborat. Bunda oʻquvchilarning matematika va tabiiy fanlarga oid bilimlariga tayangan holda, ularni amaliyotda qoʻllashga urgʻu beriladi.

STEM taʼlimi esa – bu fan (Science), texnologiya (Technology), muhandislik (Engineering) va matematika (Mathematics) fanlariga integratsiyalashgan va oʻzaro bogʻliq tarzda yondashishni nazarda tutadi. Keyinchalik bu tizimga sanʼat (Art) va oʻqish (Reading) elementlari qoʻshilib, u kengaytirilgan holda STEAM taʼlimi deb yuritila boshlandi.

Yana qarang

STEM maydonlari

Manbalar

Havolalar

STEAM nima? (tasviriy sanʼatga asoslangan) STEM dan STEAMga STEAM Connect Sanʼat hashamatli narsa emas ISEA2012 Machine Wilderness: Maxsus Media-N nashri STEAM jurnali (Akademik jurnal)

Turkum:Fan Turkum:Fanlar