Xuddamul Furqon () — Afgʻonistonda 1966-yilda tuzilgan siyosiy partiya. Partiya lideri Muhammad Ismoil Mojadidiy hisoblangan. Partiya islomchilik va aksilkommunistlik gʻoyalarini ilgari surgan. Xuddamul Furqon kommunistik va maoistik gʻoyalar asosida tuzilgan partiyalarga qarshi chiqqan Afgʻonistonning birinchi partiyasi hisoblanadi. Partiya aʼzolarining asosiy qismini ziyoli qatlam tashkil etgan. Partiya lideri musulmonlar orasida ancha obroʻli kishi boʻlgan. Xuddamul Furqon partiyasining „Haqiqat ovozi“ nomli gazetasi boʻlgan.

Tugatilishi 1979-yilda Mojadidiy va uning oilasi Afgʻoniston demokratik respublikasi hukumati tomonidan hibsga olinadi (ularning taqdiri nomaʼlum). Mojadidiyning qamalishi ortidan Xuddamul Furqon partiyasi Afgʻoniston islomiy inqilobi harakatiga qoʻshilib ketadi. Manbalar

Turkum:Afgʻoniston siyosati Turkum:Siyosiy partiyalar Turkum:Afgʻonistonning siyosiy partiyalari