Yevkratid I (, Eukratídēs, miloddan avvalgi 172/171—145-yillarda hukmronlik qilgan) Yunon-baqtriya hukmdorlaridan biri. Yevkratid Yevtidemidlar sulolasini agʻdarib tashladi va Diodotidlarni hokimiyatga qaytardiMarcellinus, xxvii. 6.. U Hindistonning sharqiy ellinistik hind hukmdorlariga qarshi kurashib, Hind daryosi va Barigazagacha boʻlgan hududni egallab, oʻz hududlarini kengaytirdi. Keyinchalik Menanderdan magʻlub boʻldi va hukmronligi faqat Baqtriya hududlari bilan chegaralandi. Yevkratid tangalar zarb qildirdi. Miloddan avvalgi 120-yilda yuechjilar mamlakatni bosib oldi. Uning oʻgʻli Geliokl I Baqtriyada hukmronlik qilgan oxirgi yunon shohi ediBoyce 1986, pp. 460-580.

Tarixi

Hayotining boshlangʻich davri Yevkratid miloddan avvalgi 204-yil ellinistik shahar Oyxonimda tugʻilgan. Uning tasviri turli topilmalarida tasvirlangan. Uning ota-onasi, Diodotidlar sulolasining aʼzolari boʻlgan.

Davlat toʻntarishi

Yevkratid Baqtriyadagi Yevtidemidlar sulolasini agʻdarib, taxtga oʻtirdi. Bu davrda Demetriy Hindistonning shimoli-gʻarbiy qismini bosib olgan edi. Yevkratid Baqtriyada taxtdan tushirgan podshoh Antimax I hisoblanadiTarn. Yevkratid tangalarining baʼzilari uning ota-onasiga atab chiqarilgan. Tangalarda uning otasi Geliokl va onasi Laodik ismi qayd etilgan. Narain va boshqa zamonaviy mualliflar uni Diodot I ning qizi deb hisoblashadi. Yevtidemidlar sulolasini taxtdan tushirgandan soʻng Baqtriyaning hukmdori boʻlgan Yevkratid Parfiya bosqiniga duch keldi. Parfiya miloddan avvalgi 170-yillarda Demetriydan Tapuriya va Margʻiyonani qaytarib oldi.

Qadimgi yunon geograflari tomonidan Oks daryosi boʻyida joylashgan katta boyliklar shahri sifatida tilga olingan Yevkratideya (Oὐkadradikeya) shahri Yevkratid sharafiga nomlanganPtolemy, vi, 1, 7; Strabo xi. 11William W. Tarn: The Greeks in Bactria and India. 2. Aufl., Cambridge 1951, p. 207-208.

Oʻlimi Rim tarixchilarining manbalariga koʻra Yevkratid Hindistondan safaridan qaytayotganida oʻgʻli tomonidan oʻldirilgan.

Adabiyotlar

The Shape of Ancient Thought. Comparative studies in Greek and Indian Philosophies by Thomas McEvilley (Allworth Press and the School of Visual Arts, 2002) Buddhism in Central Asia by B. N. Puri (Motilal Banarsidass Pub, 1 January 2000) The Greeks in Bactria and India, W. W. Tarn, Cambridge University Press.

Manbalar

Tashqi havolalar

Yevkratid tangalari Yevkratid I tangalari katalogi Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Yunon-Baqtriya podsholigi