Kamen Galabov Hadjiev (; ; 1991-yil 22-sentyabrda tugʻilgan) – bolgariyalik professional futbolchi, hozirda „Xebar Pazardjik“ jamoasida himoyachi yoki yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Karyera Hojiyev Bolgariyaning Kochan shahrida tugʻilgan. Futbolchilik faoliyatini „Rodopa“ klubida boshlagan.

Hojiyev 2008-yilda faoliyatini rivojlantirish uchin Germaniyadagi Wattenscheid 09 akademiyasiga qoʻshilgan. 2008/2009-yilgi mavsumda U-19 terma jamoasida 18 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan. 2009-yilgi mavsumda „Shalke 04“ yoshlar akademiyasi tarkibiga qoʻshilgan.

2010-yil iyul oyida Hojiyev Pirin Gotse Delchev jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 31-iyul kuni Botev Krivodol jamoasiga qarshi debyut oʻyinini oʻtkazgan. Hojiyev mavsum davomida ikkinchi divizionda 30 ta oʻyinda maydonga tushgan. 2010-yil 18-sentyabrda „Sportist Svoge“ jamoasiga qarshi oʻyinda (2:1) jamoasining yagona golini kiritgan. 2011-yilning dekabrida Hojiyev Minyor Pernik klubiga oʻtgan.

2017-yilning 1-iyunida Hojiyev Beroe bilan shartnoma imzolagan. 2022-yil 6-iyul kuni Toshkentning „Paxtakor“ klubi oʻzaro kelishuvga koʻra shartnoma bekor qilinganidan soʻng, Hojiyev klubni tark etganini eʼlon qilgan. 2022-yilning noyabrida u oʻz vataniga qaytib, Bolgariya yuqori ligasiga yangi koʻtarilgan Xebarga qoʻshilgan.

Xalqaro Kamen birinchi marta 2018-yilning mart oyida Bosniya va Gersegovina va Qozogʻiston jamoalariga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari uchun Bolgariya milliy futbol jamoasiga chaqirilgan. Oʻyinlar davomida maydonga tushmagan va zahirada qolgan. Hadjiev 2019-yilning 14-oktyabrida Yevro-2020 saralash bosqichida Angliya jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan.

Faoliyat statistikasi

JamoaMavsumLigaMilliy kubokYevropaUmumiyOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolRodopa Smolyan2006-071000—102007-080000—00Pirin Gotse Delchev2010-1130100—301Minyor Pernik2011-124000—402012-138031—111Jami1203100151Lokomotiv Sofia2013-1415140—1912014-1526030—290Jami4117000481VfB Oldenburg2015-1634600—346Fortuna Sittard2016-1732210—332Beroe2017-1827122—2932018-1919020—210Jami4614200503Puskás Akadémia2018-1915020—1702019-2028030—3102020-2160101080Jami4906010560Umumiy faoliyat241112131026314

Manbalar

Havolalar

Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Bolgariyalik erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:FC Rodopa Smolyan futbolchilari Turkum:FC Pirin Gotse Delchev futbolchilari Turkum:FC Minyor Pernik futbolchilari Turkum:FC Lokomotiv 1929 Sofia futbolchilari Turkum:VfB Oldenburg futbolchilari Turkum:Fortuna Sittard futbolchilari Turkum:PFC Beroe Stara Zagora futbolchilari Turkum:Puskás Akadémia FC futbolchilari Turkum:FC Hebar Pazardzhik futbolchilari Turkum:FC Chernomorets 1919 Burgas futbolchilari Turkum:Germaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Niderlandiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Vengriyadagi muhojir erkak futbolchilar