Zafarmurod Abdurahmatov (2003-yil 28-aprelda tavallud topgan) — oʻzbek futbolchisi, Nasaf jamoasi va Oʻzbekiston U23 futbol terma jamoasi yarimhimoyachisi. Biografiyasi Zafarmurod Abdurahmatov 2003-yil 28-aprelda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tavallud topgan.

Futbolchilik faoliyati Zafarmurod Abdurahmatov — Nasaf futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2021-yilgi mavsumgacha Zafarmurod Abdurahmatov Nasaf U18 jamoasi tarkibida harakat qilgan. 2021-yil 1-yanvardan Nasaf U21 jamoasiga koʻchib oʻtgan.

Nasaf Zafarmurod Abdurahmatov 2022-yil 1-yanvardan Nasafning asosiy jamosida koʻrinish bera boshladi. Uning Nasaf jamoasi tarkibidagi dastlabki oʻyini 2022-yil 2-may kuni Qoʻqon 1912 jamoasiga qarshi bo‘ldi. O‘yinning 90-daqiqasida Oybek Bozorov oʻrniga maydonga tushdi. Ushbu oʻyin 0:1 hisobida Nasaf jamoasi gʻalabasi bilan yakunlandi. 2022-yilgi mavsumda Zafarmurod Abdurahmatov umumiy hisobda 7 ta oʻyinda maydonga tushib 229 daqiqa maydonda harakat qilgan.

2023-yilgi mavsum Zafarmurod Abdurahmatov 2023-yilgi mavsumda Nasaf jamosi safida Oʻzbekiston superligasida 4 ta, Oʻzbekiston kubogida 2 ta oʻyin oʻtqazadi va 1 ta gol kiritdi. Umumiy hisobda 249 daqiqa maydonda harakat qildi. 2024-yil AFC Osiyo kubogi 2023 musoboqasidan soʻng transfer narxi 500 ming $ gacha koʻtarilgan.

Terma jamoadagi faoliyati Zafarmurod Abdurahmatov Oʻzbekistonning bir qancha yosh toifasidagi jamoalarida oʻynagan. Jumaladan Oʻzbekiston U19, Oʻzbekiston U20 va Oʻzbekiston U23. Temur Kapadze qoʻl ostida Oʻzbekiston U19 jamoasida 2022-yil 8-sentyabr kuni Argentina U20 jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qiladi. Ravshan Haydarov qoʻl ostida Oʻzbekiston U20 jamoasida 2023-yil 14-fevral kuni Tojikiston U20 jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qiladi. 2023-yil Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan U-20 Osiyo kubogida Oʻzbekiston U20 jamoasi Osiyo chempioniga aylandiU-20 Oʻzbekiston Osiyo chempioni boʻldi.

Yutuqlar Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi: 2024 Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2022, 2023 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2023, 2024, 2025

Manbalar

Havolalar

Zafarmurod Abdurahmatov OʻzPFL sayti Zafarmurod Abdurahmatov Transfermarkt sayti Zafarmurod Abdurahmatov Soccerway sayti

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar