Trevor Noah (; 1984-yil 20-fevralda tugʻilgan) — janubiy afrikalik komik, yozuvchi, prodyuser, siyosiy sharhlovchi, aktyor va sobiq teleboshlovchi. 2015—2022-yillar orasida Comedy Central telekanalida efirga uzatiluvchi tungi tok-shou, satirik yangiliklar dasturi — The Daily Showda boshlovchi. Noah turli mukofotlarga, jumladan, 11 ta nominatsiya boʻyicha Primetime Emmy mukofotiga sazovor boʻlgan. 2017- va 2018-yillarda The Hollywood Reporter tomonidan „Nyu-York media olamining 35 nafar eng kuchli shaxsiyati“ roʻyxatiga kiritilgan. 2018-yilda Time jurnali tomonidan dunyodagi eng nufuzli yuz kishidan biri deb eʼtirof etilgan. 2023-yilda Erasmus mukofotini qoʻlga kiritgan.

Yoxannesburgda tugʻilganligi sabab oʻz faoliyatini 2002-yilda vatani Janubiy Afrikada boshlagan. Janubiy Afrika radioeshittirish korporatsiyasi (JARK) koʻrsatuvlarida bir necha bora boshlovchilik qilgan. 2008-yilda Janubiy Afrikaning Strictly Come Dancing musobaqasi toʻrtinchi mavsumida ikkinchi oʻrinni egallagan. 2010-yildan 2011-yilgacha M-Net va DStvda efirga uzatilgan Tonight with Trevor Noah tok-shousi mezboni va muallifi.

2014-yilda The Daily Showning katta xalqaro muxbiri maqomiga ega chiqdi. 2015-yilda ushbu shouda uzoq vaqtdan beri boshlovchilik qilib kelayotgan Jon Stewardning oʻrnini egalladi.

Born a Crime nomli avtobiografik komik kitobi 2016-yilda chop etilgan. 63-, 64- va 65-Grammy yillik mukofoti hamda 2022-yilda Oq uy muxbirlarining kechki ovqatida boshlovchi boʻlgan.

Shaxsiy hayoti Nuh ingliz, janubiy soto, zulu, xosa, tsvana, tsonga va boshqa mahalliy afrika tillarida gapira oladi. Noah diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromidan aziyat chekadi. Hozirda Nyu-York shahrida istiqomat qiladi.

Filmografiyasi Yil Sarlavha Rol Izoh 2011 You Laugh But Itʼs True Oʻzi Hujjatli film 2011 Taka Takata Pilo 2012 Mad Buddies Bukker 2018 Qora pantera Griot (ovozli) 2021 Coming 2 America Totatsi Bibinyana (Zamunda News Network boshlovchisi) 2022 Black Panther: Wakanda Forever Griot (ovozli)

Televizion rollari YilSarlavhaRolIzoh2002IsidingoZiyofatdagi oʻsmir1 epizod2008The Amazing DateOʻzi (mehmon)13 epizod2008Strictly Come DancingOʻzi (ishtirokchi)8 epizod, finalist2009Trevor Noah: The DaywalkerOʻziMaxsus Stand-up koʻrsatuv20102011Tonight with Trevor NoahOʻzi (mehmon)26 epizod; shuningdek, muallif, ssenariy muallifi, ijrochi prodyuser2011Trevor Noah: Crazy NormalOʻziMaxsus Stand-up koʻrsatuv2012Trevor Noah: Thatʼs RacistOʻziMaxsus Stand-up koʻrsatuv2012Comedy Central Roast of Steve HofmeyrOʻzi (mehmon)Maxsus TV koʻrsatuv2012Gabriel Iglesias Presents Stand Up RevolutionOʻziEpizod: „2.1“2013Trevor Noah: African AmericanOʻziMaxsus Stand-up koʻrsatuv2014Trevor Noah: Itʼs My CultureOʻziMaxsus Stand-up koʻrsatuv2014-2015The Daily Show with Jon StewartOʻzi (korrespondent)5 epizod20152022The Daily Show with Trevor NoahOʻzi (mehmon)1,091 epizod; shuningdek, ssenariy muallifi va ijrochi prodyuser2015Trevor Noah: Lost in TranslationOʻziMaxsus Stand-up koʻrsatuv2015Trevor Noah: Pay Back the FunnyOʻziMaxsus Stand-up koʻrsatuv2017Trevor Noah: Afraid of the DarkOʻziMaxsus Stand-up koʻrsatuv2017NashvilleOʻziEpizod: „Fire and Rain“2017Trevor Noah: Thereʼs a Gupta On My StoepOʻziMaxsus Stand-up koʻrsatuv20172018The Opposition with Jordan Klepper 128 epizod; hammuallif va ijrochi prodyuser2018American VandalOʻziEpizod: „The Brownout“2018Trevor Noah: Son of PatriciaOʻziMaxsus Stand-up koʻrsatuv2019Klepper 8 epizod; ijrochi prodyuser202163rd Annual Grammy AwardsOʻzi (mehmon)Maxsus TV koʻrsatuv2021Player vs Player with Trevor NoahOʻzi (mehmon)8 epizod; shuningdek, yaratuvchi va prodyuser202264th Annual Grammy AwardsOʻzi (mehmon)Maxsus TV koʻrsatuv2022White House Correspondents' DinnerOʻzi (mehmon)Maxsus TV koʻrsatuv2022Trevor Noah: I Wish You WouldOʻziMaxsus stand-up shou2023StoryBots: Answer TimeStacyEpizod: „Internet“

Kitoblari

Audiokitoblari 2016: Born a Crime: Stories from a South African Childhood (muallif oʻqigan), Audible Studios on Brilliance Audio,

Yana qarang

Nyu-Yorkliklar (jurnalistika)

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:Komiklar Turkum:Teleboshlovchilar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar Turkum:Tanqidchilar Turkum:Ssenariychilar