Umed Habibulloyev (1978-yil 12-noyabr) – tojikistonlik futbolchi, himoyachi ampulasida oʻynaydi. Tojikiston terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan.

Biografiyasi

Klubdagi faoliyati Umed 1996-yilda „Sitora“ klubida professional futbolchilik faoliyatini boshlagan. Futbolchi klub tarkibida Tojikiston chempionati doirasida 11ta oʻyin oʻtkazgan. 1998-yilda Varzob jamoasiga koʻchib oʻtgan va jamoa tarkibida uch yil davomida muvaffaqiyatli oʻyinlar oʻtkazgan. 2001-yilda Umed Qozogʻistonning „Jetisu“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Habibulloyev ikki yil mobaynida Qozogʻiston chempionatida harakat qilgan. Birinchi mavsumda u „Jetisu“ tarkibida 23 ta oʻyin oʻtkazgan va Qozogʻistonning oliy ligasida 2 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan, ammo mavsum oxirida futbolchi jamoa bilan birinchi ligaga tushib ketgan. Birinchi ligada ham Umed klub bilan bir mavsum oʻtkazgan. 2003-yildan 2005-yilgacha u navbatma-navbat Vetnam va Oʻzbekistonning Shoʻrtan klublarida oʻynagan, biroq keyinchalik faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan. 2008-yilda katta futbolga qaytgan va bir necha yil Tojikistonning „Xoʻjand“ va „Istiqlol“ jamoalari tarkibida toʻp surgan. U 2012-yilda futboldagi faoliyatini butunlay yakunlagan.

Terma jamoadagi faoliyati Umed Tojikiston terma jamoasidagi debyutini 2004-yil 10-iyunda 2006-yilgi Jahon chempionati saralashi doirasida Suriya terma jamoasiga qarshi bahda oʻtkazgan va oʻyinda toʻliq 90 daqiqa maydonda harakat qilgan.

Habibullayev terma jamoadagi ikkinchi va oxirgi oʻyinini oradan 7 yil oʻtib, 2011-yilning 6-sentyabrida KXDR terma jamoasiga qarshi bahsda oʻtkazgan va bu oʻyinda ham maydonda toʻliq 90 daqiqa harakat qilgan.

Yutuqlari Varzob

Tojikiston chempioni (3): 1998, 1999, 2000 Tojikiston kubogi sohibi (2): 1998, 1999

Xoʻjand

Tojikiston kubogi sohibi: 2008-yil

Istiqlol

Tojikiston chempioni (2): 2010, 2011 Tojikiston kubogi sohibi: 2010

Shahsiy hayoti Oʻgʻli Siyovush (2002-yilda tugʻilgan.) ham futbolchilik yoʻlini tanlagan. 2019-yildan boshlab u CSKA Moskva yoshlar jamoasi va 17 yoshgacha boʻlgan Rossiya terma jamoasi oʻyinchisi xisoblanadi.

Manbalar

Turkum:12-noyabrda tugʻilganlar Turkum:1978-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Tojikistonlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:FC Sitora Dushanbe futbolchilari Turkum:FK Vazrob klubi futbolchilari Turkum:Jetisu klubi futbolchilari Turkum:Istiqlol Dushanbe klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Tojikiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari